"Bayer" "Zenit" bilan Azmunning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi
09 avg 2021 15:18
Yangiliklar


"Bayer" "Zenit" bilan Azmunning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi
"Bayer" vakillari "Zenit" bilan forvard Serdar Azmunning transferi bo'yicha kelisha olishmadi.
Nemis klubiga o'tish amalga oshmagan bo'lsa ham, Azmun hali ham jamoadan ketishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan va o'yinchi qishki transfer oynasida tekinga o'tish borasida muzokaralar o'tkazishi mumkin. Ammo, Rossiya klubi eronlik bilan yozdayoq xayrlashishi mumkin.
Qayd etish kerakki, yaqinda Eldor SHomurodovni o'z safiga qo'shib olgan "Roma" hali ham Azmunga qiziqish bildirmoqda.
Azmun o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar