"Bayer" Vircning narxini malum qildi. Futbolchiga "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda
19 mar 16:34
Yangiliklar


"Bayer" Vircning narxini malum qildi. Futbolchiga "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda
"Bayer" bosslari yozda germaniyalik hujumkor yarim himoyachi Florian Virc uchun 150 mln evro talab qiladi.
Shu bilan birga, leverkuzenliklar futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Farmacevtlar" Vircga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. Kelishuvda futbolchini 125 mln evro miqdorida sotib olish bandi ko'zda tutilgan bo'lib, u 2026 yildan kuchga kiradi.
Avvalroq, bazi manbalar Florian Vircga "Real," "Manchester Siti" va "Bavariya" davogarlik qilayotgani haqida xabar bergandi. Germaniyalik futbolchi joriy mavsum "Bayer" safida Bundesligada 25 ta uchrashuv o'tkazib, ularda 9 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar