"Bayer" Diabini MYUga 50 mln evroga sotmadi
06 noy 2020 16:30
Yangiliklar


"Bayer" Diabini MYUga 50 mln evroga sotmadi
"Bayer" hujumkor yarim himoyachisi Mussa Diabi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Manchesterliklar 21 yoshli franciyalik futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyor edilar. Ammo, "farmacevtlar" Kay Xaverc va Kevin Follandning ketishidan so'ng Diabini sotishmadi.
Yarim himoyachi joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Mussaning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 32 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar