"Bayer" "Bavariya"ning Ta bo'yicha taklifiga rad javobini berdi
24 iyu 2024 19:39
Yangiliklar
"Bayer" "Bavariya"ning Ta bo'yicha taklifiga rad javobini berdi
Leverkuzenliklar asosiy raqibini kuchaytirishni istamayapti.
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Bavariya"ning himoyachi Jonatan Tani transfer qilish bo'yicha taklifini rad etdi, deb xabar berdi "Sport Bild".
Xabar qilinishicha, "Bavariya" 28 yoshli Ta uchun 20 million evro taklif qilgan, "qora-qizillar" esa uni 40 millionga baholagan. Qolaversa, "Bayer" o'zining asosiy raqibini kuchaytirmoqchi emas. Taning o'zi transferdan manfaatdor, ammo qulay taklif bo'lmasa – bir yildan so'ng himoyachi tekinga ketishi mumkin bo'lsa ham, muzokaralar bo'lmaydi.
Jonatan Ta 2023/24 yilgi mavsum "Bayer" tarkibida 48 ta o'yinda qatnashib, 6 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar