Baxtiyorjon Tolipovni tabriklaymiz!
31 okt 2020 11:50
Yangiliklar
Baxtiyorjon Tolipovni tabriklaymiz!
“Millionlar o'yini” hayotining ajralmas qismiga aylangan. Qo'qon futbolining bugungi darajaga chiqishida bu kishining xizmatlari juda katta desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunga kelib, “Qo'qon-1912” klubi O'zbekistondagi o'zini-o'zi mablag' bilan taminlaydigan yagona jamoa sanaladi. Bu borada ham Baxtiyor akaning hissalari beqiyos.
Tan olish kerak so'nggi yillarda Qo'qon futboli deganda, barchaning ko'z o'ngida Baxtiyor aka Tolipov gavdalanadi. O'zbek futboli vatani bo'lmish – Qo'qonda katta futbolning jadallik bilan rivoj topishida Baxtiyorjon akaning hissalari beqiyos.
Umuman olganda, Qo'qonlik futbol muxlislarini quvontirishga qattiq bel bog'lagan klub rahbarining kelajakdagi rejalari ulkan.
Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipovning tug'ilgan kuni. Jamoa rahbari bugun o'zlarining 59 yoshlarini qarshi olmoqda.
SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, “Markaziy” o'yingoh va klub xodimlari hamda muxlislari nomidan Baxtiyor akani samimiy muborakbod etamiz. U kishiga sihat-salomatlik, ishlarida omad tilab qolamiz.
YANA BIR BOR TUG'ILGAN KUN MUBORAK, BAXTIYORJON AKA!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar