Baxtiyor Yoqubov: “Bahslarning zich joylashuvi, o'yinimizga tasir o'tkazdi”
26 iyu 2016 17:35
Yangiliklar
Baxtiyor Yoqubov: “Bahslarning zich joylashuvi, o'yinimizga tasir o'tkazdi”
Oliy liga 14-tur doirasidagi “Qizilqum” – “Neftchi” bahsidan so'ng farg'onaliklar vakili Baxtiyor Yoqubov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun maydonda ikki teng kuchli raqiblar harakat qildi. Ochig'i, “Nasaf” hamda “Qizilqum”ga qarshi bahslarni bir-biriga yaqinligi bevosita bugungi o'yinimizga tasir o'tkazdi. Qo'shimchasiga, Farg'onadan Navoiyga uzoq yo'l bosib keldik. “Qizilqum” jamoasi o'tgan turni o'tkazib yuborgani sababli ularda o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt ko'p bo'ldi. Umuman olganda mazkur omillarni hisobga olsak, safardan bir ochko bilan qaytish qoniqarli natija bo'ldi deb o'ylayman. “Qizilqum” bugun duranga mos o'ynadi. Raqib safida faqat Ilhom Yunusov alohida ajralib turdi. Boshqa futbolchilar, xususan raqib safidagi xorijlik o'yinchilar ham bir bosh ustun o'ynashni uddalay olmadi. Keyingi turda o'z uyimizda Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilamiz. Mazkur bahsda bekobodliklarni mag'lub etib, birinchi davrani yaxshi kayfiyatda yakunlamoqchiman, - dedi Baxtiyor Yoqubov.
“Neftchi” matbuot xizmati.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar