So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  22 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  31 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  99 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Baxtiyor Tolipov: "Qo'qon-1912" oliy ligada ishtirok etishga tayyor" Yangiliklar

Baxtiyor Tolipov: "Qo'qon-1912" oliy ligada ishtirok etishga tayyor"

“Qo'qon-1912” klubi matbuot xizmati klub vice-prezidenti Baxtiyor Tolipovdan intervyu oldi.
- Baxtiyor aka eng avvalom bor  “Qo'qon-1912” jamoasini oliy ligaga haqli ravishda yo'lanmani qo'lga kiritgani bilan butun muxlislar nomidan tabriklayman.
- Rahmat. Men ham butun qo'qonlik futbol muxlislarini jamoamizning oliy ligadan o'z o'rnini topganligi bilan tabriklayman. Qo'qon  futbol jamoasi ilk milliy chempionatimizdan boshlab  musobaqalarda  faol ishtirok  etib kelgan. Lekin, so'nggi yillar bazi bir sabablarga ko'ra, shahrimiz katta futboldan chetroqda qoldi. Mana endi yangi mavsumdan boshlab  “Qo'qon-1912”  jamoamiz yana oliy ligada ishtirok etadi.
 
- Qo'qon futbolining yutug'i nimada deb hisoblaysiz?

- Albatda shahrimizda azaldan iqtidorli futbolchilar ko'p etishib chiqqan. Futbol muxlislari yaxshi bilishadi, ko'plab qo'qonlik futbolchilar milliy terma jamoamizning sharafini himoya qilgan. Hozirda oliy liganing o'zida uchta qo'qonlik murabbiy (R. Abdullaev, M. Qurbonov, B.Ashurmatov) ish olib borayotgani ham etiborga loyiq. Lekin jamoamizning eng katta yutug'i  - bu albatta qo'qonlik futbol ishqibozlari.  Birgina misol, Birinchi liga o'yinlariga stadionimizga, o'rtacha 5.000 tomoshabin tashrif buyurdi.  Bu degani jamoamiz na faqat birinchi liga, balki oliy ligada ham tomoshabinlarni o'yinlarga tashrifi bo'yicha yuqori o'rinlarni egalladi.  
 
- Baxtiyor aka, jamoaning oliy ligaga chiqqanligini nishonlashga qizg'in tayyorgarliklar olib borilayotan bir paytda, “tomdan tarasha tushganday”  “Qo'qon-1912” oliy ligada qatnashmasmish?!" degan iddao bilan maqola chop etilib, ko'plab muxlislarimizni  shoshirib qo'ydi. Bu xaqda nima deya olasiz.

- Rosti, men uchun ham bu xabar kutilmagan bo'ldi. SHunchalik ham masuliyatsizlik bo'ladimi? Bunday aqlga sig'maydigan yolg'on informaciya, butun  qo'qonlik futbol muxlislarning g'azabga keltirdi. Asossiz iddoalar turli salbiy voqealarga olib kelishini nahot ular tushunishmasa. 25 noyabr kuni shahar hokimiyati, homiylarimiz bilan birga jamoamizning oliy ligaga chiqqanligini nishonlashni rejalashtirganmiz. Hozirda barcha futbolchi va murabbiylarga shartnomada belgilangan pullar tarqatilib bo'lgan va futbolchi-murabbiylar bilan yangi shartnomalar tuzishga tayyorgarlik ko'rayapmiz.
 
- Oliy ligada ishtirok etish uchun har tomonlama tayyor bo'lish kerak. Bu borada PFLning talablariga javob beradigan shart-sharoitlar yaratilganmi?
- Klubimiz hozirda har tomonlama oliy ligada ishtirok etishga tayyor. Barcha kulaylikka ega bo'lgan klub bazamiz, avtotransportlarimiz mavjud. Stadionimiz oliy liga talablariga 100 foiz javob beradi. Tomoshabinlarga qulayliklarni yaratish uchun o'tirish o'rindiqlarini yangilab kengaytirayapmiz.  Yaqinda yangi kompyuterlashtirilgan tabloni ishga tushirdik. Tablomiz o'yin davomida videokamera orqali maydondagi o'yinni namoish qilish imkoniyatiga ega. Xuddi shunday jamoalar uchun kiyinish xonalari,  o'yindan keyin yuvinish uchun issiq-sovuq suvlar,  alohida OAV xodimlari uchun o'yinni kulay tomosha qilish uchun joylar bilan birgalikda, homiylarimizdan biri  EVO internet firmasi yordamida uzuliksiz  Wi-Fi internet aloqasini tashkil etganmiz. Xuddi shunday, www.kokand1912.uz klub sayti faol ishlab turibdi. Eng asosiysi qo'qonlik yosh yigitlar uchun akademiyamizni ishga tushurayapmiz. Xullas, biz oliy ligada munosib ishtirok etish uchun xar tomonlama tayyorgarlik ko'rib  qaytdik.

 
“Qo'qon-1912” klubi  matbuot markazi.
Oybek Kopadze
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика