So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  0 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  5 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  134 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

Baxtiyor Tolipov: "O'z-o'zini mablag' bilan taminlayotgan yagona klub bo'lsak kerak" Yangiliklar

Baxtiyor Tolipov: "O'z-o'zini mablag' bilan taminlayotgan yagona klub bo'lsak kerak"

O'zbekiston klublarida o'z-o'zini mablag' bilan taminlash borasida deyarli faoliyat ketmayotganligi ayni haqiqatdir. Qachonki homiylardan pul hisob raqamlariga kelib tushadi, keyin ish oldinga yuradi.
Qo'qonliklarni bu borada barchaga o'rnak sifatida ko'rsatish mumkin. SHubhasiz harakatlari shu zaylda davom etsa, yaqin besh yil ichida mamlakatimizning etakchi klublaridan biriga aylanishlari shubhasiz. Birgina 300 nafar insonlarni ish bilan taminlash bilan bir qatorda, yaxshigina miqdorda daromad olishlari muqarrar bo'lgan ip-gazlama ishlab chiqarish korxonasining barpo etilayotganligi fikrlarimizning isbotidir. Keng ko'lamda davom etayotgan qurilish-montaj jarayonini o'zimiz bevosita kuzatib, ulkan taassurotlarga ega bo'ldik. SHu yilning oxirigacha esa klub azolari uchun mo'ljallangan, zamonaviy tipdagi bazalari ham qad ko'taradi. Bariga bosh-qosh bo'lib turgan tashabbuskor inson, Qo'qon-1912 klubi vice-prezidenti Baxtiyor aka Tolipovning hamrohligida ish jarayoni bilan tanishib chiqqach, bir qator savollarimiz bilan murojaat etdik.

- Har safar amalga oshirayotgan ijobiy ishlaringning yangi namunasi bilan tanishib chiqamiz. Siz bir joyda to'xtab qolishni yoqtirmaydigan rahbarlar toifasiga kirasiz. Boshqa amalga oshirmoqchi bo'layotgan reja va g'oyalaringiz borligini taxmin qilish qiyin emas.
- Qo'qon-1912 oliy ligaga chiqqanidan so'ng besh yilga mo'ljallangan rivojlanish rejasini tuzib chiqqanmiz. Eng avvalo klub infratuzilmasini rivojlantirish bosh maqsad qilib olingan. Bugungi kunda o'zini-o'zi mablag' bilan taminlab kelayotgan oliy ligadagi yagona klub bo'lsak kerak.  G'oyamiz bo'yicha yildan-yilga mablag'larimiz salmog'i ortib borishi ko'zda tutilgan. Jamoa azolari uchun mo'ljallangan yangi bazani barpo etish uchun olib borilayotgan qurilish ishlari yil yakunida o'z nihoyasiga etadi. Klub qoshida ip-yigiruv kombinatini barpo qilishni rejalashtirayotgandik va shahardagi kimyo zavodining qarovsiz qolib ketgan binolaridan birini bizga berishdi. U joyda ham bunyodkorlik ishlari 60-70 foizga amalga oshirib bo'lindi. Qurilish ishlari shu yilning 1 iyuligacha yakunlanishi kerak. Barcha dastgohlar xorijdan keltiriladi va kredit asosida sotib olamiz.

Respublika Asakabankdan 7 million 596 ming evro miqdorida kredit ajratishlari borasida hujjatlarni taqdim etganmiz. SHartnomalar tuzilib bo'lindi. Iyul oyidan keyin kondicionerlarni o'rnatish ishlari Turkiya firmasi tomonidan amalga oshiriladi. 1 noyabrdan esa dastgohlar olib kelinib, o'rnatiladi. Mo'ljalimiz bo'yicha 2016 yilning aprel oyidan boshlab mahsulotlarimiz sotuvga chiqarila boshlaydi. Bir kunda jahon standartlariga to'la mos tushadigan kalava 10 tonna-yu 800 kilo miqdorida ishlab chiqaruvchi quvvatga ega bo'linadi.

Asosiy mahsulotlar eksportga chiqariladi. Qolaversa, o'tgan safar ham takidlab o'tganimdek, shahardagi 4 yildan beri bitkazilmay qolayotgan avtovokzal balansimizga o'tkazilgach, hozirda uni ham kapital tamirlamoqdamiz. Qo'qon shahar hokimining bu boradagi qarori chiqdi va bundan buyon avtovokzaldan tushadigan daromadlar ham klub taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. U ham iyul oyidan to'liq faoliyat ko'rsata boshlaydi. Ishlab chiqarishning ikkala yo'nalishi bo'yicha alohida MCHJ ochganmiz. Futbol-trans MCHJmiz bir kunda klub hisob raqamiga 1 million so'm daromad keltirmoqda. Asosan yuk tashuvchi transportlar hisobidan bo'lmoqda. Avtovokzal ishga tushgach esa yiliga 1-1,5 milliard so'm miqdorida foyda olinishi ko'zda tutilmoqda. Kombinatimiz to'liq quvvat bilan ishlashni boshlaganda esa yillik daromadimiz qo'shimcha ravishda 5-6 milliard so'mga ko'payadi. Rejamizga ko'ra 2019 yilga borib Osiyo Kuboklarida ishtirok etishimiz kerak.

Buning uchun undan avvalgi chempionatda kamida sovrindorlar qatorida bo'lishimiz yoki billur sovrinni qo'lga kiritishimiz talab etiladi. Demak, stadion ham barcha xalqaro talablarga javob beradigan darajada bo'lishi kerak. SHu sababli shahar va viloyat hokimligiga bir qator takliflar bilan murojaat etdik. Yangi stadion qurmoqchimiz. Eskisini buzib tashlab, o'rnida barpo etiladigan bo'lsa, jamoa to'p surib turadigan boshqa manzil qidirishimizga to'g'ri keladi. Hozirgi sig'im bizni qoniqtirmaydi. 15-20 ming o'rinli yangi sport inshooti Qo'qondagi Muqimiy shaharchasi hududida barpo etilishi ko'zda tutilmoqda. Sof futbol o'yiniga moslashgan stadion bo'ladi. Kelasi yili o'rinbosarlarni tayyorlaydigan akademiya qurilishini boshlab olsak, keyingisida stadionga urinmoqchimiz. Tasischimiz - umuman qaysi rahbarlarning oldiga kirmaylik, barchalari futbolni chin yurakdan yoqtirishlariga amin bo'lmoqdamiz. Ayrim yuzaga kelgan muammolarimizni hal etish uchun qabullariga borganimizda, futbol uchun bo'lsa marhamat deya tezda bajarib berishyapti. O'zim turli sohalarda 30 yil rahbar bo'lib ishladim. Bugungi zamon rahbariga g'oyani aytish emas, mo'ljallangan rejangizning echimini ko'rsatib bera olsangiz, shunda sizni qo'llab-quvvatlashadi.

- Pulni o'zinglar mis-qollab topishga harakat qilmoqdasizlar. Hech qaysi tashkilotga mablag' so'rab kirmay qo'ygansiz. Tabiiyki, sarf-harajat ham omilkorlikda bo'lishi shubhasiz. Baribir ayrim futbolchilarga ko'tarma pullari berilibdi-ku! Bu boradagi poziciyangizni yaxshi bilardik.
- Xabaringiz bor, birinchi ligada ekanligimizda bunday tarzdagi rag'batlantirishga qarshi edim. Jamoa azolariga vaqtida maosh, mukofot pullarini berib tursangiz ham ko'tarma puli aralashmasa ish bitmas ekan. Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida nazorat-sinov uchrashuvlarini yigitlarimiz biroz bo'sh tarzda o'tkazishdi. Natijada tarkibni kuchaytirish uchun chetdan o'yinchi olib kelishga majbur edik. Ikki nafar degionerni qo'shib oldik: Golban va Argun. Pullar borasida yigitlardan qarz qolmagan. Buxoroni yutgan o'yinlari uchun 1-2 kun ichida mukofot pullari qo'llariga tegadi. Ko'tarma pullarini berishda boshqa etakchi klublarning tajribasini o'rganmoqdamiz. Viloyatimizning yana bir vakili - Neftchi mutasaddilari bilan ham mazkur sohada maslahatlashib, to'lov o'rtacha qanchani tashkil etishidan xabardormiz. Xorij klublariga borib, tizimni o'rganib kelish niyatim bor.

Keyingi mavsumda ko'tarma pullarining o'rniga maoshlari miqdorini oshirib qo'ymoqchimiz. Yani, 4 million so'm birortasiga maosh to'laydigan bo'lsak, olmoqchi bo'lgan ko'tarma pulini shuning ichiga qo'shib 12 oy mobaynida to'lab borishni taminlaymiz. Futbolchi bundan yutqazmasligi aniq. Oldindan hech qaysi sportchiga katta miqdorda pul berib qo'yilmaydi. CHetdan taklif etilganlargi bevosita to'xtaladigan bo'lsam, murabbiylarning fikricha, Golban o'ziga bildirilgan ishonchni oqlamoqda. Himoya qo'rg'oniga aylangan. Argunning maoshi esa o'zimizning futbolchilar bilan deyarli bir xil miqdorda.

- Qo'qon-1912ning imidjini oshirish borasida ham hali ko'p ishlar qilinishi kerak. Qishda sizlar tomondan taklif qilingan bir qator etakchi futbolchilar rozilik bermaganliklariga achinish ila to'xtalgandingiz. Hozirgi kundagi barqarorlikni eshitishib, taklifinglarga rad javobini berganlar attang qilishayotgandir.
- O'zim ham qishki yig'inlar davomida jamoa azolari joylashgan Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasidagi holatlari bilan tanishib bordim. Darhaqiqat, bir qator malakali o'yinchilarimiz oldimizga kelishib, nima xohlashlarini bildirishdi. SHuningdek Turkiyaga chiqmoqchi edik. Bu borada hatto turistik firma bilan shartnoma imzolab ulgurgandik. Lekin jamoa hali shakllanmaganligi sababli, xorij safarini bekor qilishimizga to'g'ri keldi. Xullas, ayrim o'yinchilar Qo'qon-1912 safiga qo'shilishga ikkilanishdi.  Aytgan shartlariga ham ko'ngandik. Baribir o'tishlari amalga oshmay qolaverdi.

Boshqa jamoalar bilan shartnoma tuzganlar bugungi kunda sharoitlarni solishtirib, bir-biri bilan fikr almashayotgan bo'lsa, bizda barchasi o'z o'rnida amalga oshirilayotganligini eshitishayotgandir va tutgan yo'llaridan afsuslanayotgan bo'lishlari ham mumkin. Yana kim biladi deysiz. Qanday saviyadagi ijrochilar kerakligini murabbiylar shtabi hal qiladi. Bazi poziciyalarni kuchaytirish uchun yozda yangi futbolchilar xarid qilinadi. Endi O'zbekistonning oldi ijrochilari biz tomon talpina boshlashlari shubhasiz. CHunki qanday saviyadagi klub sifatida shakllanayotganligimiz asta-sekin ko'rinib bormoqda.

- Klubning barqaror moliyaviy siyosati haqida gapirilyapti-yu, lekin bir jihat keyinchalik ayrim munozaralarni keltirib chiqardi. Yani, klub saytining vaqtincha ishlamaganligi turli gap-so'zlarning ko'payishiga olib keldi. Internet sahifalari orqali munozaralar ancha qizidi. Jarayonni shaxsan o'zingiz kuzatdingizmi?
- Yil boshida Islombek Rustambekovni matbuot kotibi sifatida ishga olganmiz. Azaldan sizlarning gazetanglarda chiqayotgan maqolalarni to'liq kuzatib boraman. Ushbu yigit Neftchi klubi, championat.asia saytida ishladi. Maqola yozish uslubi juda maqul tushardi. Rizqi qo'shilgan ekan, Oybek Veysal o'g'li boshqa ishga o'tishini aytib, bizdan ketish haqida ariza yozdi va bo'shab qolgan o'ringa Islombekni taklif qilish imkoni paydo bo'ldi. CHaqirib yanglishmagan ekanmiz. Qo'qon-1912ning har bir o'yini matnli translyaciya tarzida berilmoqda. Saytimizning ishlamay qolish sabablariga kelsak, Islombek taklif kiritib, zamonaviy tarzda qilib yangisini ochishni tavsiya etdi. Bir yil uchun saytning doimiy tarzda faoliyat ko'rsatishiga 300 ming so'm to'lab qo'yish talab etilarkan.

O'tgan yili mart oyida mablag' o'tkazgan ekanmiz va muddati yaqinlashgach, tabiiyki, to'xtadi. Yangi ochilayotganligi uchun vaqtinchalik foydalanmay turishga ahd qilindi. Jarayon biroz cho'zilib ketganligida mening ham aybim bor. Ammo shu vaqt mobaynida championat.asia bilan shartnoma qilib, ro'y berayotgan barcha yangiliklarimizni elon qilib borishdi. Feysbuk, Tvitter, Instagram orqali ham vaqtinchalik jamoaga oid xabarlar yoritib borildi. Orada jonkuyar muxlislarimiz bor ekan, shulardan Sobirjon degan ukamiz qo'qonlik ishqibozlar nomidan Uff.uzda chiqish qildi. Bu yigitning tanqidiy fikrlarini to'g'ri qabul qildik. SHartnoma imzolanib, puli o'tkazildi va sayt yana faoliyat ko'rsata boshladi.

Afsuski, shu bilan ham gap-so'zlar tinmadi. Turli tarzdagi fikrlar ichida o'z fikrlarini xolis bayon etuvchilar ham uchrab turdi. Qarangki, ozgina kamchilik, yomonlik sari etaklay boshladi. Jamoa, matbuot kotibimiz haqida bo'lmag'ur gaplar ko'payib ketdi. Infratuzilmani asta-sekin izga solinib, turli klublarning ish uslublarini o'rganishga harakat qilmoqdamiz. Baribir birinchi va oliy liga orasida katta farq bor. Hali yaxshi darajaga chiqib borishimiz uchun malum fursat kerakligini tushunib turibmiz. SHu maqsadda o'zimizdagi xodimlarni malakasini oshirishlari borasida qayg'urmoqdamiz. SHu yilning 1 mayidan klubning marketing bo'limi ishga tushdi. Tanqidlar aks tasir ko'rsatib, ishdan bo'shatilishi talab etilgan Rustambekovni mazkur bo'limga rahbar etib tayinladik. O'zimizning bosmaxonamizni qilyapmiz. Endilikda saytda ishlovchi matbuot kotibini marketing rahbari ishga oladi. Sport jurnalistikasi boshqacha ekan.

Matbuot kotibimiz yordamida qishki selekciya jarayonida jamoaga katta yordami tekkanligini etirof etishim kerak. CHunki har bir biz tomondan qiziqish bildirilgan futbolchilar haqida to'liq malumotga ega bo'lib turdik. Tayyor enciklopediya vazifasini o'tab turdi. Bazi o'yinchilarni tavsiya qilishganda, falon yili jarohat olgan, ishqilib jamoaga mos tusharmikin qabilida fikrlar bildirdi. Tibbiy tekshiruvdan o'tkazilganda, darhaqiqat, barcha aytganlari o'z tasdig'ini topdi. Har bir xodimimizning mehnatini qadrlaymiz. Yuqoridagi mavzuga qaytsak, har gap bitta og'izdan chiqadi. Mevali daraxtga tosh otiladi. Biz uning hosilini Qo'qonda olmoqchimiz.
 
Abdulhafiz ABDULAZIZ o'g'li suhbatlashdi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика