So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  18 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Baxtiyor Sattorov: "SHerdor" mag'lubiyatga munosib emasdi" Yangiliklar

Baxtiyor Sattorov: "SHerdor" mag'lubiyatga munosib emasdi"

Pro-Liga "A" 1-turi doirasidagi "SHerdor" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin "SHerdor" bosh murabbiy Baxtiyor Sattorov o'yin borasida to'xtaldi.

- Bugun uyimizda ochilish marosimini o'tkazdik. Avvalo muxlislarga yomg'irli ob-havoda jamoamizni qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugungi mag'lubiyat uchun ular oldida aybdormiz. Sababi maydonga g'alaba uchun tushgandik. Afsuski, 90+3-daqiqada himoyada etiborsizlik qilib, kutilmagan golni o'tkazib yubordik. Mag'lubiyatga munosib emasdik. 


- Pro-Liga klublari tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, aynan "SHerdor"da nomdor futbolchilar yig'ilganligini ko'rish mumkin. SHunga yarasha jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- Bizning vazifa eng avvalo samarqandlik yosh futbolchilarni tarbiyalab, yaxshi saviyaga chiqarish va har o'yinda g'alaba qozonish. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi – qanday natijani qo'lga kiritamiz.


- Jamoa yangi mavsumga o'zingiz istagandek tayyorgarlik ko'ra oldimi?

- Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ra oldik, deb o'ylayman. Bu borada bizni qo'llab-quvvatlagan barcha homiylar va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. 


U.Ibodov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика