Baxtiyor Sattorov "Dinamo" futbol maktabi direktori sifatida ish boshladi
25 may 2017 14:15
Yangiliklar


Baxtiyor Sattorov "Dinamo" futbol maktabi direktori sifatida ish boshladi
Dinamo PFK qoshidagi futbol maktabida o'zgarish yuz berdi. O'z vaqtida Dinamo klubida to'p surgan Baxtiyor Sattorov maktab direktori etib tayinlandi.
2006-2008 yillar davomida Dinamo klubida to'p surgan Baxtiyor Sattorov, futbolchilik faoliyatidan keyin 2013 yilda Dinamo PFK ijrochi-direktori lavozimida ishlagan edi. 2014-2016 yillarda esa Muborakning Mashal klubida katta murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatdi. Joriy yilda esa SHerdor klubida ish yuritayotgandi.
Bolalar-o'smirlar futbolida ishlash bo'yicha yaxshi tajriba va yuqori malakaga ega 32 yoshli mutaxassis Dinamo PFK tasarrufidagi futbol maktabida ham muvaffaqiyatli ish olib borishiga ishonib qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar