So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  0 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  0 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  0 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  27 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9

Baxtiyor Qambaraliev: "Iordaniyani bugun 2:1 hisobida mag'lub etamiz degan taxminim bor" Yangiliklar

Baxtiyor Qambaraliev: "Iordaniyani bugun 2:1 hisobida mag'lub etamiz degan taxminim bor"

Sobiq himoyachi Baxtiyor Qambaraliev o'z vaqtida milliy terma jamoamiz safida 16 bor maydonga tushish sharafiga muyassar bo'lgan.
Bugun milliy terma jamoamizning Iordaniya qarshi kechadigan o'yini oldidan Qambaralievning ham fikrlarini tingladik.

- Iordaniya bilan qiziqarli o'yin bo'lishini aytish mumkin. Ilgari ham bu raqibga qarshi o'ynaganmiz. Bugun ulardan o'ziga xos revansh olishimiz kerak. Yigitlar buni juda yaxshi tushunib turgan bo'lsa kerak.

- Milliy terma jamoamizda avlodlar almashinuvi yuza kelgan davr. Osiyo chempionatiga boradigan yoshi katta ikki nafar futbolchi nomi malum bo'ldi. Faqat murabbiyning aytishicha, qolgan bitta o'rin SHodiev yoki Tojievga tegadi. Albatta buni yaqin ikki o'yindan so'ng bilib olamiz. Mirjalol Qosimov aslida Osiyo o'yinlariga legionerlarimizni olib ketishni rejalashtirgandi. Biroq FIFA kunlari bo'lmagani uchun ham bu ish amalga oshmaydi. Menimcha agarda Odil Ahmedov, Aziz Haydarov va Server Jeparov singari o'yinchilar borganida, terma jamoamiz yanada kuchli bo'lardi. Lekin hozirgi o'zimizning mahalliy yigitlar Fozil Musaev bilan Islom To'xtaxo'jaevda ham xalqaro tajriba etarli deb bilaman. Nasib qilsa ular yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'la oladi.

- Yangi Zelandiya bilan o'yin haqida hozirdan bir nima deyishim qiyin. Lekin bugun Iordaniyani 2:1 hisobida mag'lub etamiz degan taxminim bor.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика