So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  4 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  8

Baxtiyor Hamidullaev: “Musobaqa tashkilotchilariga katta rahmat” Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: “Musobaqa tashkilotchilariga katta rahmat”

Bir necha kun davomida Andijon shahrida Championat.asia sayti hamda BFC Asia jamoasi hamkorligi ostida 2005 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Paxtakor-79” xotira turniri bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent, Farg'ona, Namangan va Andijondan jamoalar ishtirok etishdi. Mahalliy muxlislarda ham ushbu turnir katta taassurot qoldirdi. SHuningdek, Andijon futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli sobiq futbolchi Baxtiyor Hamidullaev ham mazkur bolalar o'rtasidagi musobaqaga befarq bo'lmadi. U yopilish marosimida bolalarni taqdirladi. SHundan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Bolalar ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib yoshligimni esladim. SHu o'rinda musobaqani ko'tarinki ruhda uyushtirgan tashkilotchilarga ham katta rahmat. Bolalar futbolini rivojlantirishda katta hissa qo'shishyapti. Bizning yoshligimizda bu darajadagi turnirlar uyushtirilmasdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin hamma sohaga bo'lgani kabi sportga va xususan futbolga ham katta etibor berilyapti. Bolalar futboliga jiddiy qaralyapti. Bundan faqat xursandmiz.


-  Yosh paytimizda asfaldlarda to'p tepib katta bo'lganmiz. Maydon haqida esa gapirmayapman. Hozirgi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni ko'rib havasim kelyapti. 10-11 yoshli bolalar uchun barcha sharoitlar bor. Masalan, men birinchi marta 15 yoshimda butsa kiyganman. Hozirgi yoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlardan faqat quvonish kerak.

-  Bolalarga medal taqayotganimda kelajakda ham ko'plab sovrinlarni yutishlarini va chempion medallarini taqishlarini xohladim. Munosib futbolchi bo'lib etishishlarini va O'zbekiston futboliga o'z hissasini qo'shishlarini istayman, - deydi Baxtiyor Hamidullaev.


Firdavsxon

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика