Baxtiyor Ergashev: "Oq-tepa" ning maqsadi - kuchli beshlikka kirish"
21 iyu 2021 23:27
Yangiliklar
Baxtiyor Ergashev: "Oq-tepa" ning maqsadi - kuchli beshlikka kirish"
- O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bugun 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. Lekin ikkinchi bo'lim oxirida gol o'tkazib yuborganimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. Alamli mag'lubiyat bo'ldi.
Mag'lubiyat uchun biz - murabbiylar shtabi aybdormiz. Hayot to'xtab qolmaydi, ishlashda davom etamiz.
Bugungi kabi o'yinlarda oxirgi daqiqalarga kelib gol o'tkazib yuborayapmiz. SHu sabab g'alabalar qo'ldan chiqib ketayapti. Yigitlar o'yin so'ngida konsentraciyani yo'qotib qo'yishmoqda. Xato va kamchiliklardan xulosa chiqargan xolda ishlashda davom etamiz.
Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish va hozir ham o'zgarmagan. Hali oldinda o'yinlar bor, vazifamizni uddalaymiz degan umiddamiz.
Transferlar oynasi vaqtida jamoani kuchaytirish niyatimiz bor. Bugun "Yangier" kuchli hohish evaziga g'alaba qozondi deb o'ylayman - deydi Baxtiyor Ergashev.
Fikrlar