So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  8 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Baxtiyor Davlatov xotira turniri: "Nasaf-2003" - finalda Yangiliklar

Baxtiyor Davlatov xotira turniri: "Nasaf-2003" - finalda

Avval xabar berganimizdek, Yangier shahrida annanaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Mazkur turnirda  “Nasaf” futbol maktabi 2003 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar  ham turnirda munosib ishtirok etishmoqda.
Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev murabbiyligidagi “Nasaf-2003” jamoasi o'z guruhida to'rt uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazib musobaqa finalga yo'l olishdi.
Vohalik yosh charm to'p ustalari  turnir chempionligi uchun kechadigan bahsda  maydon egalari Yangierlik tengdoshlariga qarshi maydonga saf toritishadi. Ushbu uchrashuv “Yangier” markaziy o'yingohida  bugun soat 12:00 da start oladi.

Yosh “nasaf”chilar  to'rt  uchrashuvda ham raqiblarini ayab o'tirishmadi va ular o'z tengdoshlarini  yirik hisoblarda taslim etishdi.  Aytish joizki, Jasur Ibragimov  va Umar Rahmatullaev shogirdlari “Nasaf” futbol maktabi muzeyini turnir kubogi bilan boyitishni maqsad qilgan.

Jamoa yarim himoyachisi SHahzod Azamov raqiblar darvozasiga 7 to'p kiritib  to'purarlar bahsida  karvonboshlik qilmoqda.

“Nasaf-2003” jamoasining yana bir hujumchisi Elbek Bo'riev ham to'rt uchrashuvdan so'ng gollari sonini beshtaga etkazdi. U  jamoadoshi bilan turnir to'purarlik bahsida raqobatlik qilmoqda.

Samad Rahimov murabbiyligidagi  “SHo'rtan-2003” jamoasi  ham bugun musobaqaning uchinchi o'rini uchun kechadigan uchrashuvida “Jizzax” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

“Nasaf-2003” – CHimkent (Qozog'iston) 8-1
“Nasaf-2003” – Namangan  Futbol internati (Namangan) 6-3
“Nasaf-2003” –“SHo'rtan-2003”  (G'uzor) 5-0
“Nasaf-2003” –“Guliston”  (Sirdaryo) 7:3

Faxriddin CHoriev   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика