Baxtiyor Boboev: "Kelasi mavsumda "Bunyodkor" chempionlik uchun bemalol kurashadi"
19 noy 2015 16:44
Yangiliklar
Baxtiyor Boboev: "Kelasi mavsumda "Bunyodkor" chempionlik uchun bemalol kurashadi"
“Mavsumdagi so'nggi o'yin edi. SHu bois, yigitlarga mavsumni chiroyli o'yin bilan yakunlashni yuklagandik. Ayniqsa ko'proq gol urishga harakat qilib, muxlislarni xudsand qilish kerakligini uqtirgandik. Buni bajardik deb o'ylayman.
Keyingi mavsumga tayyorgarlikni 14 dekabr kuni boshlaymiz. Bizdagi shijoat juda kuchli. Yoshlarimizning kelajagi porloq. Kelasi mavsumda "Bunyodkor" chempionlik uchun bemalol kurashadi.
Rejamizga ko'ra, dekabr Toshkentda, yanvar oyida BAAda shug'ullanamiz. Keyin OCHL pley-off o'yini boshlanib qoladi. Mavsum oldidan asosan yoshlarni jamoaga moslashtirish edi va tabiiyki chempionlik va kubokni yutishni maqsad qilgan edik.
Ammo har doim ham o'ylagan rejalar amalga oshavermaydi. Ha, to'g'ri xatolarimiz ham bor. To'g'ri xulosa chiqaramiz. "Bunyodkor" terma jamoa uchun doimi yordam berishga tayyor. Yanvar oyida olimpiada saralashi boshlanadi. Biz buni inobatga olganmiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Avgustin CHiricaning ham jamoaga katta foydasi tegdi. U nafaqat murabbiy, balki kuchli ruhshunos!", - deydi Boboev.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar