So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  8 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  5 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  221 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

Baxtiyor Boboev: "Ertaga futbolchilarimiz butun vujudlari bilan g'alaba uchun o'ynashadi" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Ertaga futbolchilarimiz butun vujudlari bilan g'alaba uchun o'ynashadi"

O'zbekiston kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Bunyodkor" jamoasi rahbari Baxtiyor Boboev va futbolchi Anvar G'ofurov ishtirok etdi.


"Finalni neytral maydonda o'tkazish bu to'g'ri ish. Lekin finalni qaysdir shaharga berishdan oldin, shaharning infrastrukturasiga va qulayliklariga etibor berish lozim. Biz istiqomat qilayotgan mehmonxonada bizni qoniqtiradigan sharoitlar yaratilmagan. Umuman finalga jiddiy hozirlik ko'rdik. Ertaga o'zimizni rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz. Tarkibdagi yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, Javlon Ibrohimov jarohati sabab finalni o'tkazib yuboradi", - deya gap boshladi Baxtiyor Boboev.

 

- OCHLga yo'llanma olish uchun eng yaxshi yo'l ertangi bahsda g'alaba qozonish. Buni futbolchilar qanchalik tushunib turishibdi?

- O'rinli savol bo'ldi. Albatta biz chempionatni boy berib qo'ydik. Ertangi o'yinda yutadigan bo'lsak, bu bizga OCHLga yo'llanma beradi. Bu narsani barcha futbolchilar to'g'ri tushunib turishibdi. Jamoadagi futbolchilar bir necha yillardan buyon birga to'p surishadi va ularga ortiqcha nimanidir aytish, o'qtirish shart emas. Motivaciya etarli darajada. Ertaga futbolchilarimiz butun vujudlari bilan g'alaba uchun kurashishadi.


- "Nasaf" grandlarga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda. "Bunyodkor" ham "Paxtakor" bilan ikkinchi "plan"da o'ynagandi. Ertaga jamoadan qanday o'yin kutmoqdasiz? Keyin Vohid SHodiev "Nasaf" uchun xavfli hujumchi hisoblanadi. So'nggi paytlarda esa SHodiev "Bunyodkor"ning asosiy tarkibidan tushib qolmoqda...

- "Nasaf"ni hurmat qilaman. Bu jamoani yaxshi bilaman. Bu jamoadagi ko'plab futbolchilarni yaxshi taniyman. Masalan "Mashal"da ishlaganimda Eldorbek Suyunov o'z qo'l ostimda katta bo'lgan. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Ular vaqti kelib himoyaviy, kerak bo'lsa hujumkor o'ynashadi. Ular vaziyatdan kelib chiqib har xil taktika asosida o'ynashadi. SHodiev masalasiga keladigan bo'lsak, u zaxirada o'tirib qolgani yo'q. Vohid SHodiev jarohati sabab biroz muddat safdan chiqqandi. Lekin futbolchimiz jarohatidan tiklanganidan so'ng uni maydonga tushirmoqdamiz. Vohid SHodievning xizmati doim bizga kerak. 


Anvar G'ofurov: "Nasaf"da yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Har bir futbolchisi yaxshi o'ynaydi va raqib jamoa sifatida yaxshi shakllangan. Lekin biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Ertaga biz "Nasaf"dan kuchliroq ekanligimizni o'yinda isbotlashga harakat qilamiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика