So’nggi yangiliklar

01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  77 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Baxtiyor Boboev: "Bunyodkor" yangi mavsumda yoshlar bilan katta natijaga erishadi" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Bunyodkor" yangi mavsumda yoshlar bilan katta natijaga erishadi"

Teglar :  Bunyodkor
Bugun "Bunyodkor" klubi 2016 yilgi mavsumdan oldin yangi futbolchilarni tanishtirdi.

"Yangi mavsumga 14 dekabrdan buyon tayyorgarlik olib bordik. Yangi yilga qadar 3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Yanvar oyi boshida Dubayda 25 nafar futbolchi bilan yig'in o'tkazdik. BAAda 6ta o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. Bir qator kuchli klublarga qarshi bahslar bo'ldi. Rossiya premer-ligasi klublariga qarshi munosib o'ynadik. Yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldik. "Bunyodkor"ning maqsadi o'zgarmaydi. Tarkibda raqobat ancha kuchli, bitta joyga 3 xatto 4 nafardan futbolchi bor. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Tarkibimizdagi yoshlar bilan nasib qilsa bu yil katta natijalarga erishamiz", - deydi Baxtiyor Boboev.

"Aleksandr Alempievichni ko'pchilik "Olmaliq"dagi o'yini orqali taniydi. U markaziy yarim himoyadagi kamchiliklarimizni yopishi kerak. Umid qilamanki, bu legioner futbolchi muxlislarimizning yoqimtoyiga aylanadi".

"Sanjar Qodirqulov ko'pchilik uchun yangi nom emas. O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynagan. O'tgan yil birinchi ligadagi jamoamizda o'ynadi. Yarim yil "Obod" klubiga ijarga berdik, u jamoa bilan oliy ligaga chiqishga muvaffaq bo'ldi. U "Anji"ga gol urdi, Janubiy Koreyaning "CHonbuk" klubiga qarshi bahsda Sanjar shedevr gol urishga muvaffaq bo'ldi".


"Dilshod Ahmadaliev qanot himoyachisi hisoblanadi. Ikki yil davomida "Obod"da ijarada o'ynadi. Undan umidimiz juda katta. Akmal SHorahmedovga munosib raqobat tug'dirishga qodir futbolchi".

"SHahzodbek Nurmatovni deyarli barchangiz tanisangiz kerak. Uni futbolchi ham, inson sifatida juda hurmat qilaman. "Metallurg"dagi o'yinlari orqali barchaning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan. Terma jamoada ham o'ynagan. Nurmatov bu yil to'purar bo'lish salohiyatiga ega".

"Javlon Mirabdullaevni ham ko'pchilik tanisa kerak. O'zimizning o'yinchi. O'smirlar terma jamoasi bilan Meksikada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan. Uni himoyada mustahkam o'ynay olishiga ishonamiz. Tajribali sheriklari bilan tezda chiqishib ketdi".

"Bahodir Nasimov bir nechta xorij klublarida o'ynadi. U bir oy ichida jamoaga qo'shilib ketdi. Tajribali hujumchi jamoamiz safida ko'plab gollar urishiga ishonaman. Nasib qilsa Nasimov bizda o'ynab yana xorij klubiga o'tishi mumkin. Agar chet eldan yaxshi taklif bo'lsa hech qaysi futbolchini ushlab qolmaymiz. Unga omad tilaymiz", - deydi Baxtiyor Boboev.

"Jamoa natijalariga men javob beraman. Murabbiylar shtabida Sergey Lushan, Muhiddin Ortiqov, Avgustin CHirica ishlaydi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Pavel Bugalo faoliyat olib boradi. Bugaloni o'ynovchi murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazganmiz. Kelajakda u ajoyib murabbiy bo'lib etishishi mumkin".


-  "CHonbuk" bilan o'yindagi gollarni ko'rib chiqdim. O'sha kun 3ta vaziyatda darvozabon goldan qutqarishi mumkin edi. Darvozabonlardan ko'nglingiz to'qmi?

- Darvozabonlarning hozirgi tayyorgarligiga 3 baho qo'ygan bo'lardim. Tarkibimizda Pavel Bugalov, Murod Zuhurov, Akbar To'raev va Abdukarim Muhammedov kabi darvozabonlar bor. Ular saviyali posbonlar hisoblanishadi. Kamchiliklar ustida albatta ish olib boriladi.


- O'tgan mavsum oxirida 2016 yilda "Bunyodkor"da yangi xorijlik murabbiy ishlaydi deb aytgandingiz. Biroq bu amalga oshmadi?

- Yil oxirida biz juda katta ko'lamdagi ishni olib bordik. Bir qator murabbiylar nomzodini ko'rib chiqdik. Ular orasida Miodrag Radulovich variantida to'xtagan edik. Xatto uning vizalari ham tayyor edi. Ammo so'nggi pallada u aprel oyiga qadar Livan bilan shartnomasi borligini aytdi. SHu bois masuliyatni o'z zimmamga olishga qaror qildim. Sergey Lushan menga yordam beradi.


- Zuagining qaysi hislatlari evaziga jamoada olib qolindi?

- Balki uning tezligi pastroqdir. Lekin SHaker juda ham tajribali va foydali futbolchi. U bir qator muhim o'yinlarda bizga yordam berdi. Zuagi jamoamizning muhim azolaridan biri hisoblandi.


Ayniddin G'iyosov ("Bunyodkor" tijorat bo'limi boshlig'i): "Bunyodkor" 5 yildan buyon Germaniyaning JAKO kompaniyasi bilan manfaatli hamkorlik qilib kelayapmiz. Bu kompaniya formalari bizga to'la mos tushadi, futbolchilar uchun juda qulay sifatdagi formalarni Germaniyaning o'zidan olib kelamiz. Narx borasida ham biz uchun anchalik qulay hisoblanadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика