So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Baxtiyor Boboev: "Bu yil OCHLda kamida guruh bosqichidan chiqishga urinamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Bu yil OCHLda kamida guruh bosqichidan chiqishga urinamiz"

Teglar :  Baxtiyor Boboev
Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh direktori Baxtiyor Boboev jamoaning joriy mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.

Baxtiyor Boboev (“Bunyodkor” bosh direktori): “Bu yil yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilindi. SHu bois sizlar bilan muloqot qilish maqsadida bu erga yig'ildik. Yangi mavsumga tayyorgarlik haqida nima deyishim mumkin. Biz doim o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Klubimiz safida o'z tarbiyalanuvchilarimiz o'ynashi asosiy maqsadimiz hisoblanadi. O'tgan mavsum oliy ligada jamoamiz ikkinchi o'rinni oldi, yoshlar ligasida esa chempion bo'ldik. OCHL pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdik. 

Bu yilgi ilk rasmiy o'yinda yosh futbolchilar Nurillo To'xtasinov va Javohir Esonqulov maydonga tushishdi. Ular o'zlarini xalqaro maydonda yo'qotib qo'yishmadi. Bundan tashqari yana bir qator yosh futbolchilar asosiy tarkibga yaqin kelishmoqda. 

Eldor SHomurodov, Dostonbek Hamdamov va Otabek SHukurovga xorijdan takliflar bor. Bu futbolchilar borasida o'sha klublari bilan muzokara ketmoqda. Agar Evropaning nomi chiqqan klublari bilan kelisha olsak ularni qo'yib yuboramiz. CHunki yosh futbolchilar o'sishlari kerak.

OCHL guruh bosqichidagi ilk o'yinni Saudiya Arabistonida “Al Ahli”ga qarshi o'tkazamiz. So'nggi yillarda jamoamiz guruhdan chiqa olmayapti. Bu yil guruhimiz juda kuchli klublardan iborat bo'lishiga qaramay qora ananaga barham berib, kamida guruh bosqichidan chiqishga urinamiz.

Bunday tadbirlar har 3 oyda o'tkazilishi tarafdoriman. Muxlislar ham, jurnalistlarda ham klubimiz borasida savollar bo'lsa shunday tadbirlarda bemalol berishlari mumkin".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика