Baxtiyor Boboev: “Al-Jayish” bilan bahsda ijobiy natijaga umid qilamiz”
13 dek 2016 16:48
Yangiliklar
Baxtiyor Boboev: “Al-Jayish” bilan bahsda ijobiy natijaga umid qilamiz”
Marosimda “pley-off”da kuch sinashadigan juftliklar nomlari ham elon qilindi. Unga ko'ra, “Bunyodkor” guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun 7 fevral kuni Qatarning “Al-Jayish” klubi bilan safarda kuch sinashadi.
Qura marosimidan so'ng “Bunyodkor” FK bosh direktori Baxtiyor Boboevning fikrlari bilan qiziqdik.
- “Al-Jayish” bizga yaxshi tanish. Jamoa tarkibida bizning tarbiyalanuvchimiz Sardor Rashidov to'p tepmoqda. SHu boisdan ham “Al-Jayish” o'yinlarini muntazam kuzatib boramiz. Qatarliklarga qarshi avval ham to'qnash kelganmiz. Raqib kuchli, shu boisdan ham o'z chempionatida peshqadamlik qilmoqda. “Bunyodkor”da ham xalqaro tajribalir yildan-yilga ortib borayotgan, shijoati kuchli bo'lgan yoshlar harakat qilishmoqda. Bundan avvalgi ikkita mavsumda ham “Bunyodkor” kurashga “pley-off”dan qo'shilib, guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Odimizda turgan ushbu bahsga munosib tayyorgarlik olib boramiz. Umid qilamanki, guruh bosichida ishtirok etish ananamizni davom ettirgan holda avvalgi mavsumlardagidan yaxshiroq natija ko'rsatishga harakat qilamiz, - deydi Baxtiyor Boboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar