So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  10 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Yigitlar ko'rsatmalarni faqat birinchi bo'limda yaxshi bajardi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Yigitlar ko'rsatmalarni faqat birinchi bo'limda yaxshi bajardi”

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov savollarga javob berdi.

- Yigitlar birinchi bo'limda berilgan taktik ko'rsatmalarni to'g'ri bajardi. O'yinning birinchi taymida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bir nechta golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa yarim himoya va himoyada yo'l qo'yilgan xato golga olib keldi. Hisob ochilganidan so'ng biz ko'proq hujumga etibor qaratishga majbur bo'ldik. SHu bois zaxiradan ketma-ket uchta hujumchini maydonga tushirdik. Aksiga olib bo'sh hududlar paydo bo'la boshladi. Bundan “Nasaf” jamoasi foydalandi va afsuski hisob yirik ko'rinishga keldi.

- “Nasaf” jamoasi qarshi hujumlarda juda kuchli o'yin namoyish etadi. Bu klubga qarshi ko'p ham ochik futbol o'ynab bo'lmaydi. CHunki ular bo'sh hudud bo'lishi bilanoq jazolaydi. 1:0 hisobidan so'ng esa tavakkal qilishga majbur bo'ldik.

- Jamoani qabul qilib olayotganimda chempionat taqvimi “Andijon” uchun noqulay kelganini rahbariyatga aytib, imkon qadar autsayderlar qatoridan chiqib ketishga xarakat qilishimizni aytgandim. To'g'risi, mag'lubiyatdan keyin bahona izlamoqchi emasman. Rahbariyat bizga qo'ldan kelganicha sharoitlarni yaratib bermoqda. Muxlislarimiz ham hoh uyda hoh safarda bo'lsin, bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab, ishonch bildirishda davom etmoqda. Biz ham bunga javoban astoydil ishlab, bir maqsad yo'lida xarakat qilyapmiz.  

- Yoshlar jamoasida iqtidorli futbolchilar bor. Asta-sekin mahalliy yosh o'yinchilarni tarkibga jalb etib boramiz. Bu yilla davomida bo'ladigan jarayondir. CHunki bunday paytda o'rinbosalar safida yurgan futbolchini asosiy tarkibga tjalb etib, tavakkal qilib bo'lmaydi. CHunki natija bundan-da xunik ko'rinish olishi ham mumkin. Lekin kelgusida yoshlarga imkoniyat beramiz. Bugungi uchrashuvda ham andijonlik yoshlarga ishonch bildirdik. Markaziy yarim himoyachi Farhod Bekmurotov bir necha uchrashuvlardan buyon boshlang'ich tarkibdan o'rin olib kelmoqda. 1995 yilda tug'ilgan Baxtiyor Qosimov esa bugun ilk bor boshlang'ich tarkibga kiritildi. Menimcha Qosimov yomon taassurot qoldirmadi. O'yinga kirishib ketish uchun xarakat qildi. Hammasi uning o'ziga bog'liq  – deydi Baxtiyor Azamovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика