So’nggi yangiliklar

17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  4 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  2 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  12 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  15

Baxtiyor Ashurmatov vaqtni cho'zish, Odil Ahmedov va Dilshod Rahmatullaev haqida gapirdi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov vaqtni cho'zish, Odil Ahmedov va Dilshod Rahmatullaev haqida gapirdi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida

"Lokomotiv" bu mavsum o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan va shunga yarasha tarkibini yaxshi futbolchilar bilan shakllantirgan. Jamoa mavsumni muvaffaqiyatsizlik bilan boshlaganiga qaramay, oxirgi turlarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatayotgan edi. Bugun juda murakkab o'yin bo'ldi.

O'yinga qadar 7-o'rinda turgandik, agar yutqazsak, 10-o'ringa tushib ketardik. Uchrashuv boshlanishidan avval yigitlarga ular 10-pog'onaga munosibmasliklarini tushuntirdim. Ular ham ruhan, ham jismonan tayyor holatda o'yinga chiqishdi. Futbolchilar oxirigacha kurashib, jangovar o'yin ko'rsatishdi. SHogirdlarimni, rahbariyat va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman!

- "Qo'qon-1912" joriy mavsum safar o'yinlarida "Paxtakor" bilan birga barchadan yaxshiroq natija ko'rsatyapti. Uyda esa buning tamoman aksi - atigi 2 ochko to'plandi. Buning sababi nima?

- CHunki bizning maydonimizga keladigan jamoalar 2-raqamga o'tib olishadi va qarshi hujumlarda imkoniyat poylashadi. Biz shu tufayli pozicion hujumlarga zo'r berishga majbur bo'lamiz. Joriy mavsum shu tufayli qarshi hujumlardan ko'p gol o'tkazib yubordik. Bundan tashqari, Qo'qondagi durang boshqa jamoalar uchun g'alabaga tengliginiyam takidlash kerak...

Safarda esa teskari holat yuz beradi. Bizda 2-raqam ostida o'ynash imkoniyati paydo bo'ladi va biz bundan unumli foydalanyapmiz. Bugun ham qarshi hujumlardan foyda chiqarish uchun tarkibga M. Hasanov va SH. Norbekov singari tezkor futbolchilarni kiritgandik. Bu orqali "Lokomotiv"ni tezkor qarshi hujumda ushlashga harakat qildik.

Qisqasi, bizga hozir 2-raqamda o'ynash qulayroq. CHunki yarim himoyamizda muammolar bor. Mavsum avvalida to'pni juda yaxshi nazorat qiladigan Quvondiq Ro'ziev ketib qoldi ("Navbahor"ga), Suhrob Berdiev esa uzoq muddatdan keyin endi safga qaytdi. Suhrob uydagi o'yinlarda ham asosiy tarkibda tushsa, barchasi o'zgaradi, deb o'ylayman.

- Neytral muxlisga qo'qonlik futbolchilarning bugungi o'yini yoqmadi. Sababi shundaki, shogirdlaringiz 2-taymda juda ko'p vaqt cho'zib yuborishdi...

- Men bunga juda qarshiman. Lekin, biz ochko yo'qotgan o'yinlarga nazar solsangiz. Raqiblar bugungidan 3 barobar ko'proq vaqt cho'zishgan. Afsuski, bu futbolning bir qismi. CHunki O'zbekistondagi sharoit natija uchun o'ynashni taqozo qilyapti. Biroq, bu futbolning jozibasini o'ldiradi va muxlislarga yoqmasligi tabiiy.

Masalan, "So'g'diyona" bilan o'yinda biz hujumlar qildik, raqib jamoa vaqt cho'zishga harakat qildi. Ko'p vaqt yo'qotildi, biz mag'lub bo'ldik. Ammo, o'yin unutiladi - natija qoladi. Yuqorida aytganimdek, bugun natija juda muhim edi. Mag'lub bo'lsa, quyi pog'onalarga tushib ketardik. Futbolchilar natijani saqlab qolish uchun biroz vaqt cho'zishgan bo'lishi mumkin. 

Ammo, ko'payib ketdi deb aytmagan bo'lardim. Masalan, Bekmurodov yiqilgan vaziyatda shifokorlar uning ko'ngli ayniyotganini aytishdi va Farhodni zaxiraga oldik. Darvozabonga kelsak, raqib forvardi bilan to'qnashuv yuzaga kelsa, dunyodagi istalgan golkiper bundan foydalanishga harakat qiladi. Agar qaysidir vaziyatlar yoqmagan bo'lsa, muxlislardan uzr so'raymiz.

- Bir haftadan keyin "Nasaf" bilan o'ynaysizlar. Qarshi jamoasiga qarshi rotaciyalar ko'p bo'ladimi?

- Bugun o'ynagan futbolchilarga etiroz yo'q. Ular g'alaba uchun borini berishdi. "Nasaf" bilan uchrashuvgacha ancha bor. Biz tarkibni o'yin kuni futbolchilarning holati va raqibdan kelib chiqib tanlaymiz.

- Murod Xolmuhammedov bir necha bor burchak zarbalarini darvozaga yo'naltirdi. Bu futbolchining shaxsiy tashabbusimi yoki sizning ko'rsatmangiz?

- Bizda Hasanov va Xolmuhammedov kabi standart vaziyat ustalari bor. O'yinga tayyorlanish jarayonida standartlar masalasida alohida ishlaymiz. Ularga shunday ko'rsatma berilgan. Ammo futbolchi vaziyatdan kelib chiqib, tashabbusini o'z bo'yniga olishi ham mumkin.

- Mavsum boshlanishidan oldin ketgan Ro'zievning o'rni to'ldirilmagani haqida aytdingiz. Tanaffusga oz qoldi. Jamoaga olib kelish uchun kimlarnidir ko'zlab qo'ydingizmi?

- Quvondiqni gapirganimning sababi uning yo'qligi ko'p o'yinlarda sezildi. Biz qishda Dilshod Rahmatullaev bilan kelishuvga erishgandik. Ammo, oxirida transfer amalga oshmadi. Yozgi transfer oynasida Dilshod tarkibimizga qo'shilishi kerak. CHunki u bilan og'izaki kelishuvimiz bor.

Afsuski, so'nggi yillarda futbolimizda yuqori texnikali o'yinchilar kamayib ketdi. Mana, "Lokomotiv" tarkibida Javohir Sidiqov bor. Biz bu futbolchini ham tarkibimizda ko'rishni xohlardik. Lekin, xohlagan o'yinchilarimizning barchasini tarkibga jalb qilolmaymiz. CHunki ularning shartnomasi bor.

Hozir oldimizdagi yagona variant: agar "Metallurg" qo'yib yuborsa, Dilshod Rahmatullaev Qo'qonga keladi.

- Terma jamoamiz saralashning 2-bosqichida qolib ketdi. Bu haqda 2 xil fikr bildirilyapti. Kimlar futbolimizning darajasi shu desa, boshqalar buni aldamchi holatligi haqida gapiryapti. Sizning fikringiz?

- Barchamiz yigitlarga muxlislik qildik, duo qildik. Afsuski, muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Men aniq aytishim mumkinki, bizning darajamiz bundan yuqori. CHunki tarkibimizda SHomurodov, Ahmedov, Masharipov, Aliboev, Ashurmatov, SHukurov sinagari legionerlar bor edi. Meni hayron qoldirgan 2 jihat bor:

1. Xo'p, bosh murabbiy tarkib tanlashda xato qilibdi. O'yinga qadar nahotki uning yordamchilari mutaxassisning fikrini o'zgartira bilmagan.

2. Bu jihat meni biroz ranjitdi. Yilning eng muhim o'yinida barcha birlasholmadi. Vadim Karlenovichga ishonib topshirdikmi, uni oxirigacha qo'llab-quvvatlashimiz kerak edi. Ammo, muhim o'yin oldidan ayrim intervyularda terma jamoa qaytgach, Abramov o'zgartirilishi haqida gapirildi. Uning o'rniga davogarlar ham tayyorligini aytdi. Bu jihatlar murabbiyning kayfiyatiga salbiy tasir qiladi. Hozir barcha uni ayblayapti. Ammo, aytishim mumkinki, g'alaba qozonishni eng ko'p xohlagan kishi Vadim Karlenovich edi.

- Terma jamoamizning so'nggi 10 yildagi etakchisi faoliyatini yakunladi. Ahmedovning o'rnini etakchi sifatida yaqin yillarda kim bosa oladi?

- Odil Ahmedovning vatanparvarligiga qoyil qolish kerak. U Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin zaxirada o'tirishga tayyorligini ham aytgan. Ammo, murabbiylar uni bir necha oylardan beri o'ynamagan poziciyasiga tushirishdi. Muxlislar undan norozi bo'lmasliklarini so'rardim. CHunki Odil bu vaziyatda aybsiz aybdor bo'lib qoldi. Uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilayman. Sog' va salomat bo'lsin.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика