Baxtiyor Ashurmatov: "Ustozimni do'stlarim nomidan tabriklayman!"
16 mar 2015 16:15
Yangiliklar


Baxtiyor Ashurmatov: "Ustozimni do'stlarim nomidan tabriklayman!"
Bugun Qo'qonda katta tantana. Qo'qon yuzini yillar davomida munosib himoya qilib kelgan, ko'plab yoshlarni katta futbolga qadam qo'yishida munosib hissa qo'shgan Bahrom Hakimov o'z yubileyini nishonlayapti.
SHu munosabat bilan Bahrom Hakimov tufayli katta futbolga qadam qo'ygan ko'plab futbolchilar, saytimiz orqali u kishini qutlug' yosh bilan tabrikladilar.
"Bahrom Hakimovning Qo'qon futbolida tutgan o'rni katta. Bizning bugungi darajaga chiqishimizda qo'shgan xissasi uchun u kishidan minnatdormiz. Bugun ajoyib tadbirda do'stlar bilan ko'rishamiz. Saytingizdan foydalangan holda No'mon Hasanov, SHuhrat Rahmonqulov, Muxtor Qurbonov va Rustam Abdullaev kabi futbolchilarning nomidan Bahrom akaning tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Qo'qon futbolining baxtiga sog' va omon bo'ling va bundan keyin ham ko'plab yoshlarni katta futbolga kirib kelishida munosib xizmat qiling deb qolamiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Fikrlar