So’nggi yangiliklar

13:17"Арсенал" "Реал" ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 13:09Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  74 12:53Кэррик МЮнинг "Арсенал" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Сити"га қарши ўйин осонроқ ўтганди"  2 12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  5 11:58Брайан Мбеумо Робин ван Персининг натижасини такрорлади  2 11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  1 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  0 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  6 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  10 08:34Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди  7 08:15Расман: "Хоразм" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:48Вадим Абрамов: "ЦСКАни ҳар куни ҳам ютавермаймиз"  7 05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Tarixiy g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Tarixiy g'alabaga erishdik"

"Nasaf" – AGMK (0:2) urashuvi yakuniga etgach, mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'yin haqidagi fiklari bilan o'rtoqlashdi.

- "To'g'risi, birinchi bo'limdagi “Nasaf”ning tezkor o'yini bizni ancha xavotirga solib qo'ydi. Berdiev juda yosh va kurashuvchan jamoa tuzgan. Biz “Nasaf”ning o'tgan turdagi “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'yinini ko'rib chiqqan edik va bundan ancha xavfsiragandik. Lekin futbolchilarimiz bu o'yinga tuzgan rejalarimiz va ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qilishdi".

- "Qiyin o'yinda g'alaba qozondik. SHaxsan “Nasaf” jamoasi o'yinchilariga ham, o'zimizni yigitlarga ham bugun ko'rsatgan o'yin uchun tashakkur bildiraman. Menimcha, stadionga tashrif buyurgan muxlislar mazmunli futbol tomosha qilishdi. Bugungi g'alaba orqali futbolchilarimiz bilan faxrlanaman. Muxlislarimizni ham xursand qila oldik. To'g'ri, biz kamroq g'alaba qozonayapmiz. Muxlislarimiz ham g'alabani sog'inib qolishgan edi. Bugun buni uddaladik". 

- "Agar yigitlar shunday ishtiyoq bilan o'ynashsa, albatta qiyin vaziyatdan chiqib keta olamiz. Nasib etsa, turnir jadvalidagi holatni yaxshilab olamiz. Albatta, bugun biz Qarshida tarixiy g'alabaga erishdik. "Qora anana"ga barham bera oldik. Yigitlarga bu haqda takidlagan edim. Buni ular uddalay olishdi. Omad ham biz tomonda bo'ldi. Maboda “Nasaf” birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalana olganida, bizga qiyin bo'lardi".

Zohir Primov (AGMK yarim himoyachisi): - "Bugun futbol ishqibozlari juda qiziqarli uchrashuv guvohi bo'lishdi. Murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni butun jamoa bo'lib to'g'ri bajarishga harakat qildik. SHuning evaziga g'alaba qozondik. Ikkinchi bo'lim oldidan murabbiylarimiz faqat himoyada emas, hujumlar ham tashkil etishimizni takidlagan edi. SHunga harakat qildik va g'alabaga erishdik".

"Nasaf" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика