So’nggi yangiliklar

19:35Эрон Про лигаси. Ўрунов ва Сергеев ўйнаётган "Персеполис" меҳмонда мағлубиятга учради  3 19:02ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида йирик ҳисобда ғалаба қозонди ва биринчи ўринни янада мустаҳкамлади, Раҳмоналиевдан гол  4 18:42САфарда. "Хоразм" — "гуч"  1 18:22Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол ва Файзуллаевдан ассист  26 17:52Флик мавсум якунида "Барселона"ни тарк этиши мумкин  14 16:47САфарда. "Ғазалкент" Россия клубини ютди, ўйин вақтида мураббийдан интервью олдик  0 15:19САфарда "Қизилқум"да. Асрор Ғофуров, Шохруз Норхонов, Жаба Жигаури ва Акмал Рустамовдан интервью  0 14:35Ўзбекистон Суперкубоги-2026. Чемпионат ва кубок ғолиблари ўртасидаги беллашувга “Бобур Арена” мезбонлик қилади  8 14:22Фарғона вилояти ҳоким кубоги ярим финал ўйинлари бўлиб ўтди  2 14:00САфарда. Тоҳир Кападзе ўғли Тимурнинг қарори, ҳоким билан учрашув, мухлисларга мурожаат...  6 13:36"Челси" Испания терма жамоаси форварди трансфери устида ишламоқда  5 12:51Расман: Йилдиз "Ювентус" билан шартномасини узайтирди  1 12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  8 11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Sirdaryolik muxlislarga tan berdim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Sirdaryolik muxlislarga tan berdim"

"Guliston" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Qizilqum"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Butun mavsum mobaynida bizni qo'llab quvvatlab turgan sirdaryolik ashaddiy muxlislar oldida juda hijolatdaman. Har qanday vaziyatda ham ular bizdan yuz o'girishmadi. Hatto mag'lubiyatlarimizni ham to'g'ri qabul qilib, jamoamiz azolariga dalda bo'lishdi. Odatda, oliy liga bilan xayrlashgani klubni mahalliy ishqibozlar to'g'ri so'zlar bilan haqorat qilishadi, shaxsiyatingizga tegishadi. Bugun esa buning aksini ko'rdim. Garchi, kuchlilar safini tark etgan bo'lsakda, “Qizilqum”ga qarshi kechgan uchrashuv yakuniga etgach, jamoamiz ishqibozlari shogirdlarimni olqishlar ostida kuzatib qo'yishdi. Futbolchilik faoliyatim davomida nafaqat mamlaktimiz balki xorij klublari safida maydonga tushganman. Ammo bunday sadoqatli, o'z jamoasiga mehr qo'ygan Sirdaryo viloyati ishqibozlaridek fanatlarni ko'rmaganman. Barchasi uchun uzr so'rayman va ularga tazim qilaman. Boshqa klub ixlosmandlariga ham xuddi sirdaryoliklardek fidoiy bo'lishlarini istab qolaman. Klub rahbariyati va futbolchilar bilan birgalikda ishlab o'z mahoratimni oshirdim. Bu erda orttirgan tajribam kelgusi faoliyatimda qo'l kelishi shubhasiz. Bahs xususida nima deyishim mumkin?! Omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Mehmonlar darvozasi oldida bir qator golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Zarafshonliklar posboni ham o'z o'rnida ishonchli harakat qildi. Hal qiluvchi zarbani yo'llashda yigitlarga aniqlik etishmadi. Raqib esa qarshi hujumda bizni munosib jazoladi", - deydi Ashurmatov. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика