Baxtiyor Ashurmatov: "SHog'ulomov bilan Mamajonov navbatdagi yig'inimizga kelib qo'shiladi"
04 fev 2014 19:05
Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "SHog'ulomov bilan Mamajonov navbatdagi yig'inimizga kelib qo'shiladi"
"Navbahor" o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator yangi futbolchilargi taklif etmoqda.
Jumladan yaqinda "Bunyodkor" vakillari Orif Mamajonov bilan Alisher SHog'ulomovni "lochinlar" jamoasiga o'tayotgani haqida xabarlar urchiy boshladi. Bunga aniqlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.
- Yurtimizda yoqqan qalin qor va ob-havoning injiqligi rejamizga biroz o'zgartirish kiritdi. Futbolchilarga qisqa muddatli dam berganmiz. Nasib qilsa 6 fevral kuni yana Toshkentda futbolchilarni yig'amiz. CHindan ham SHog'ulomov bilan Mamajonovning "Navbahor"ga o'tishi kutilmoqda. Bu futbolchilar "Bunyodkor" bilan Dubay yig'inidan qaytib kelganidan so'ng, o'zaro maslahatlashgan holda shunday qarorga keldik. Ular navbatdagi yig'inimizga kelishadigan bo'ldi. Hozircha ulardan tashqari yangi futbolchilar yo'q. Jamoani tark etadigan o'yinchilar bor. Ammo hozircha ularing nomlarini aytmaganimiz maqul", - deydi Ashurmatov.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar