So’nggi yangiliklar

08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  0 08:25УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  1 07:58Ла Лига жамоаси кетма-кет бешинчи ғалабасидан сўнг "Манчестер Юнайтед"ни масхара қилди  0 07:30Суперлига. Бугун 28-турга старт берилади  7 03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  3 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  1 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  17 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  13 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  10 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0

Baxtiyor Ashurmatov: ”Rayevacni jamoaga qaytarmoqchimiz” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: ”Rayevacni jamoaga qaytarmoqchimiz”

Superliga 1-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Baxtiyor Ashurmatov va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Quvondiq Ro'ziev ishtirok etishdi.

Baxtiyor Ashurmatov: - O'yin o'g'risida aytishim mumkinki, bugun ochilish uchrashuvi bo'lgani tufayli o'yin shiddatli kechdi. Yirik g'alaba bir qarashda osondek tuyulishi mumkin. Lekin bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. Ayniqsa, 1:0 hisobda oldinda borayotganimizda raqiblarimiz bosimni oshirishdi. Juda his-hayajonga boy daqiqalar ko'p bo'ldi. Lekin muxlislarimizning hayqiriqlari va qo'llab quvvatlashlari tufayli futbolchilarimiz yana oldinga intilishdi. Ikkinchi golni kiritib olganimizdan keyin ham futbolchilarim o'yin shiddatini tushirishmadi, buning uchun ularga rahmat aytaman. "Buxoro" jamoasi himoyaviy o'yin ko'rsatishini oldindan bilgandik. Hisob 2:0 bo'lgach raqiblarimiz himoya chizig'ida bo'sh zonalar ko'paydi. Bugungi g'alabamizdagi asosiy faktorlardan biri bu stadionda bizni qo'llab turgan muxlislarimiz bo'ldi. Stadionda yaratilgan ajoyib atmosfera uchun muxlislarimizga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman.

Bugun hujumchilarimiz o'yinidan to'la qoniqdim. Garchi ular bugun gol ura olishmagan bo'lishsa-da, doim raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turishdi. Zohid Abdullaev borasida shuni aytishim mumkinki, biz Muzaffar Muzaffarovni safimizga qo'shib olish borasida Zohid Abdullaevni “Metallurg”ga berishga kelishdik. Bu hujumchi bilan do'stona xayrlashdik. Hujum chizig'imizni kuchaytirish uchun qo'qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Filip Rayevacni qaytarmoqchimiz. SHu kunlarda ushbu legioner futbolchi safimizga kelib qo'shiladi.



Quvondiq Ro'ziev: - Barchani bugungi futbol bayrami bilan tabriklayman. Bugun muxlislarimiz ham bizga katta kuch berishdi. Ularning qo'llab-quvvatlashlari bizga dalda bo'ldi. Bugun standartlar o'yin taqdirini hal etishi borasida murabbiylarimiz aytishgandi. SHuning uchun standartlarga alohida etibor berdik. Yakka kuashlarda ham raqiblarimizga imkon bermadik. Birinchi o'yinda raqibning kuchini bilish qiyin. G'alabamizning asosiy sababi, bugungi o'yinda murabbiylarimizning 90 foiz ko'rsatmalarini to'liq amalga oshira oldik.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика