"Neftchi"ni tark etgan futbolchi "Navbahor"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025
Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev faoliyatini Namanganda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. 

"Neftchi"dan ketgan Quvondiq Ro'ziev "Navbahor"ga o'tishga yaqin. Unga Superligamizdan boshqa takliflar ham bor", – deyiladi xabarda.

31 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 31 o'yinda qatnashib, 3 ta golga assistentlik qilgandi. Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia