So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qon-1912"ni muxlislar istagandek jamoaga aylantirmagunimcha, bu erdan ketmayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qon-1912"ni muxlislar istagandek jamoaga aylantirmagunimcha, bu erdan ketmayman"

Bugun Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvlar o'tkazildi. "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida "Qizilqum" bilan nursiz durang (0:0) qayd etdi.






Mazkur bahsdan so'ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qizilqum" bu mavsum har yilgidanda tajribaliroq futbolchilarni yig'gan holda shakllanmoqda. Ularning "Andijon"ga qarshi o'yinini ham ko'rib, kuzatib chiqdik. Tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Jumladan, Islom To'xtaxo'jaev, Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili singari to'pni o'zida yaxshi nazorat qila oladigan ijrochilar bilan safini boyitgandi. Buni o'yindan oldin ham yigitlarga aytib o'tgandim. Qaysidir jihatlarda o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Himoyadan hujumga o'tishda to'p yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Lekin yigitlarga etiroz bildira olmayman, chunki ular o'yinning oxirigacha g'alaba uchun kurashishdi. Murabbiylar shtabi g'alabani ko'zlagan holda zaxiradan hujumchi tushirdi. Uchrashuv oxirida ustunlikka ega bo'lgan bo'lsak-da, bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Yakunda bu ikki ochko yo'qotishimizga olib keldi", – deydi Ashurmatov.

- Birinchi savolim himoya chizig'ida xatolar ko'p kuzatildi. Ikkinchi savolim kecha "Turon" murabbiyi Islom Ismoilovning o'yindan keyingi bildirgan fikrlariga qanday munosabat bildira olasiz?

- Bugun himoyada biroz xatoliklar bo'ldi , lekin ikkinchi bo'limga kelib, bu xatolarni to'g'riladik. Balki birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajon kuzatilgandir. To'g'ri, kecha hakamlar xato qildi. Butun O'zbekiston ko'rdi. 

Biz yosh murabbiy Islom Ismoilovni to'g'ri tushunishimiz kerak. “Turon” kecha alamli mag'lubiyatga uchradi. Jamoa durang o'ynashi mumkin edi. Yosh murabbiy ehtirosga berilib fikrlar aytgandir, lekin uning gaplarida jon bor. Jamoa biron natijaga erishishi uchun 60-70 nafar inson va yana qancha muxlislar harakat qilishdi. Bitta-ikkita inson shuncha mehnatni zoe qilib yuborishi alamli. Xakam qanday qilib bunaqa qo'pol xatoga yo'l qo'yishi mumkin, bilmadim. Ismoilov 1-turdagi o'yinni ham qo'shib ketgani, men uchun tushunarsiz bo'ldi. Biz bilan bo'lgan o'yinda gollar hammasi chiroyli bo'ldi. O'yin borasida ustunlik qildik. Balki murabbiy emociyada o'sha o'yinni ham qo'shib yuborgandir, chunki Yaypandagi o'yindan keyin jamoa rahbariyati, murabbiylar bilan bir-birimizga omad tilab, yaxshi xayrlashgan edik. "Turon" jamoasi biz bilan kechgan o'yinda asosan, standart vaziyatlarda ustunlikka ega bo'ldi. O'yin bo'iycha ham mag'lubiyatni tan olishni bilish kerak. Bugun biz g'alaba qozona olmadik. Aybni o'zimizdan ag'darishimiz kerak, chunki vaziyatlardan foydalana olmadik. O'zimiz istagan o'yinni ko'rsatishni uddasidan chiqmadik. Bugungi o'yin ko'rib chiqilsa, xatolar ko'rinishi mumkin. Penalti belgilanadigan vaziyatlarda etirozlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Hakamlarni xatolarini ko'rib chiqadigan qo'mita bor. Nima bo'lgan taqdirda ham biz murabbiylar Ismoilovni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Agar Islombek o'z fikrlarini emociya berilmasdan bildirganda, yanada yaxshi bo'lardi, deb o'ylayman, chunki uning gaplarini yoshi katta insonlar, ayollar ham eshitishi mumkin. 

Yurtimizda halol o'yinlar borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. To'g'risi, o'sha vaziyatda hakam nega bunday qaror chiqardi, men ham tushunmadim.  Mana VAR tizimi kam sonli o'yinlarda bo'lsa ham ishlay boshladi. Kelajakda VAR ham ko'payib, yanada xatolar kamayadi, deb umid qilaman. Boisi qaysidir o'yinda jamoa VAR orqali penalti ishlab, g'alaba qozonmoqda. Yana qaysidir bahsda esa jamoa VAR yo'qligidan aziyat chekmoqda. Biz ham etiroz bildirishimiz mumkin, biroq g'alabaga yuz foiz haqli o'yin ko'rsatganimiz yo'q. 

- Asad Sobirjonovning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Asad Sobirjonov ancha iqtidorli futbolchi. "Buxoro"da faoliyat olib borganimda, qo'l ostimda o'ynagan va yaxshi taassurot qoldirgan. "Paxtakor"da bir yil davomida o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Uning harakatlarida bu sezilib turibdi. U juda ham iqtidorli futbolchi. Biz unga ozgina imkon bersak, o'yindan o'yinga Sobirjonovning o'yini kuchayib boradi. Kelajakda Asadbek muxlislarimizning eng sevimli futbolchilaridan bo'ladi, deb ishonaman. 

- Andrey Sidorovga o'zini ko'rsatishi uchun nima to'sqinlik qildi?

- Andrey Sidorovda esa o'zini ko'rsatish uchun vaqt etishmadi. So'nggi daqiqalarda bizda standart vaziyatlar ko'paygani uchun uni maydonga tushirgan edik. Ammo vaqt kamlik qildi. Uning o'yiniga etiroz bildira olmayman. 

SHu o'rinda bugungi uchrashuvda stadionga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xoxlasa, "Qo'qon-1912" jamoasini muxlislar istagandek jamoaga aylantirmagunimcha, bu erdan ketmayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика