Baxtiyor Ashurmatov: “Paxtakor yaqqol favorit, lekin "Buxoro" oxirigacha kurashadi”
29 okt 2025 12:12
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: “Paxtakor yaqqol favorit, lekin "Buxoro" oxirigacha kurashadi”
Taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov final oldidan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi:
“Kubok musobaqalarida har doim kutilmagan natijalar bo'ladi. “Buxoro” ham mehnat va omad tufayli finalgacha etib keldi. Ular bugun ham oxirigacha kurashishadi, bunga shubham yo'q. Ammo mening fikrimcha, "Paxtakor" favorit va bugun Kubok sohibi bo'ladi deb o'ylayman.”
Shu bilan birga, murabbiy “Buxoro” jamoasi ustozi haqida ham ijobiy fikr bildirdi:
“Bosh murabbiy Xomyakovni mehnatkash va izlanuvchan mutaxassis deb bilaman. U jamoasini har tomonlama yaxshi tayyorlay olgan. Biroq ‘Paxtakor’ning tarkibi kuchliroq va aynan shu jihat o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.”
So'ng Ashurmatov muxlislarga murojaat qilib, finaldan qiziqarli va mazmunli o'yin kutayotganini takidladi:
“Eng muhimi, bugun muxlislar uchun manzur bo'ladigan, jozibali futbol ko'rsatiladi degan umiddaman. Ikkala jamoaga ham omad tilayman”.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar