So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  1 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  7 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

Baxtiyor Ashurmatov: "O'yin barchani oxirgacha xayajonda ushlab turdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "O'yin barchani oxirgacha xayajonda ushlab turdi"

"Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Metallurg" - ajoyib jamoa. Ular so'nggi o'yinlarda mag'lubiyatga uchramay kelishayotgandi. Rustam aka Mirsodiqovni esa O'zbekistonning eng kuchli mutaxassislaridan va o'zimning ustozlarimdan biri deb bilaman. Uchrashuvdan avval yigitlarga Rustam aka o'z shogirdlarini o'yinga qanday ruhlantira olishi va bekobodliklar jangovor jamoa ekanligini takidlab o'tgandim. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Xudoga shukr, bugun futbolchilarim ko'rsatmalarni aniq bajarishdi va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. SHu sababli yigitlarga jangovor o'yin namoyish etishgani, oxirigacha kurashishgani uchun ularning oldiga kirganimda ham katta minnatdorchilik bildirdim. Agar shunday o'yin ko'rsatishda davom etsak, o'zimizga kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz.

Bellashuv oxirigacha barchani xayajonda ushlab turdi. Namangandan bizni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarimizning kelgani ham o'yinchilarga qo'shimcha dalda bo'ldi. Jamoamiz nomidan muxlislarga tashakkur aytaman. "Metallurg" o'yinini gapirishni istamagan bo'lardim. Raqib to'g'risida faqat ijobiy fikr aytishim mumkin. CHunki ular kuchli hujum chizig'iga ega. SHahzod Nurmatov mamlakatimizda individual tarafdan eng kuchli hujumchilardan biri. Futbolda har bir jamoa maydonga g'alaba uchun chiqadi. Lekin, bunda kimdir mag'lubiyatga uchraydi, kimdir g'alaba qozonadi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. SHu sababli uch ochkoga ega bo'ldik. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, bahs teng kurashlar ostida kechdi. Har ikki jamoa g'alabaga loyiq o'yin namoyish etishdi. Birinchi davrada qaysidir vaziyatlarda jamoaga kamroq etibor berganim tasir qilgan bo'lishi mumkin. Buni muxlislar ham takidlashar edi. Klubning o'z muammolari bor edi. Davralar oralig'ida ushbu muammolarni bartaraf etish ustida ishladik. Murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ldi.

Yani jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Aleksandr Genadevich Volkovni "Navbahor"ga taklif qildik. Eng asosiysi - jamoada "yurakdan o'ynayman, oxirigacha kurashaman" degan o'yinchilar qoldi. SHuning uchun klubdan ketmoqchi bo'lganlarga ruxsat berdik. Kamida 4-5 futbolchimizga boshqa jamoalardan taklif tushgandi. Misol uchun Sanat SHixov, Dilshod Jabborov, SHahboz Erkinovga bir nechta jamoa murojaat etgandi. Lekin, ular bu takliflar ustida o'ylab ham o'tirishmadi. B futbolchilar yil oxirigacha "lochinlar" bilan qolish istagini bildirishgani jamoani axil bo'lishiga sabab bo'ldi deb o'ylayman".

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика