So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Baxtiyor Ashurmatov: "Norchaevni qo'riqlash uchun alohida futbolchini bog'lab qo'ygandik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Norchaevni qo'riqlash uchun alohida futbolchini bog'lab qo'ygandik"

Coca-Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Gapning ochig'i bugun "Nasaf" kuchliroq edi va haqli g'alabaga erishishdi. Biz ikki bo'lim davomida ham mezbonlarga to'liq qarshilik ko'rsatishga kuchimiz etmadi. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Kiritilgan gollarda himoyachilarning aybi bor deb hisoblaysizmi?

- Tarkibimizda bo'ydor himoyachilar bor edi. Xusayin Norchaevning bo'yi u qadar baland bo'lmasa ham bosh bilan yaxshi o'ynashini yigitlarga aytib o'tgandik. Ivan Yosovich himoyada Norchaevga bog'lab qo'yilgandi. Biroq u etiborni yo'qotdi va ikkinchi qavatda hujumchiga ustunlikni berib qo'ydik.

Bu o'rinda mag'lubiyat uchun faqat himoyachilarni ayblash niyatim yo'q. Yutqazdikmi, butun jamoa va murabbiylar shtabi birdek aybdor. Hisob 3:1 bo'lganida kurashishga jismoniy kuchimiz bir oz etmadi. Balki ikkinchi to'pni kiritganimizda o'yin boshqacharoq bo'lishi mumkin edi.

- "Qo'qon-1912" o'tgan mavsumdagi mavqeiga nisbatan bu yili ozroq pastga tushgandek ko'rindi...

- Biz o'tgan yilgi natijamizga yaqin turgandik. Bu o'yinga ham ko'p narsa bog'liq edi, afsus mag'lubiyatga uchradik. O'tgan yilgi natijamizni takrorlay olmaganimizga sabab - uydagi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdik.

- Bugun Merzlyakov va Xolmuhammedov singari tajribali futbolchilar boshlang'ich tarkibda emasligi mag'lubiyatga sabab deb o'ylaysizmi?

- To'g'ri Xolmuhammedov va Merzlyakovlar bizning etakchi futbolchilarimiz hisoblanishadi. Biroq bugun ularning boshlang'ich tarkibida emasligi mag'lubiyatga sabab bo'ldi deb ayta olmayman. Yani tarkibimiz kuchsiz emasdi. "Nasaf" har tomonlama kuchli o'ynadi va g'alabaga erishdi. 

- Tezkor gol jamoaning mag'lubiyatiga qay darajada tasir ko'rsatdi deb o'ylaysiz?

- Ushbu o'yinga reja ishlab chiqqanimizda dastlabki 15-20 daqiqa davomida 0:0 hisobini ushlab qolishimiz kerak edi. CHunki "Nasaf" o'z maydonida tajovuzkor va pressinga asoslangan futbol o'ynashini bilardik. Bundan tashqari ularda Marko Stanoevich standart vaziyatlarni yaxshi ijro etadi. Biz yigitlarga burchak to'plari va standart vaziyatlardan hushyor bo'lishlarini tayinlagandik. Afsuski, shu qo'rqqanlarimiz amalga oshdi. Mag'lubiyatga sabab sifatida tezkor golni ko'rsatmagan bo'lardim. CHunki har bir jamoaning o'yinga bir nechta rejasi bo'ladi.

Anvar Hojimirzaev yaxshi o'ynab turgandi, biroq u sariq qartochka ishlab oldi. Bir vaziyatda ikkinchi kartochkaga ham yaqin keldi. SHu sababli qizil kartochkadan qochish uchun uni Sidorovga almashtirdik. SHu orqali hujumni ham kuchaytirmrqchi edik. Afsuski, "Nasaf" ikkinchi golni urganidan so'ng bizga juda ham qiyin bo'ldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика