So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  11 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  6 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Baxtiyor Ashurmatov: Navbahorni sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lishini xohlayman Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Navbahorni sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lishini xohlayman

Barchamizga malumki Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo kubogi-2015 bahslarida terma jamoamiz murabbiylari orasida Navbahor jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham bor edi.
Terma jamoa bilan Toshkentga qaytgan Ashurmatov darhol Navbahor bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Muxbirimiz murabbiy bilan muloqot qilib ayrim fikrlari bilan qiziqdi.

- Suhbatimizni Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo kubogidan olgan taassurotlaringizni bilishdan boshlasak.
- Avstraliyaga Qosimov boshchiligida yuqori maqsadlarni ko'zlagan holda borgandik. Futbolda omadni katta ahamiyatga ega ekanligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi. Janubiy Koreya bilan bo'lgan o'yinda futbolchilarimiz borlarini berib, fidoyilik namoyish etgan holda o'ynashdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanmaslik o'yinda kim oldin gol ursa o'shaning imkoniyatlarini ortib ketishini taminladi.



Oddiy vaziyatda kutilmagan xato darvozamizni ishg'ol etilishi bilan yakunlandi. Tabiiyki jamoamiz ko'pchilik bo'lib hujumga tashlandi va qarshi hujumdagi ikkinchi bor o'tkazilgan to'p o'yin taqdirini hal qildi. Avstraliya mamlakati chiroyli tabiati, tozaligi bilan menga manzur bo'ldi. Qancha davlatlarda bo'lgan bo'lsam, har birini o'ziga xos zo'r qurilishi va boshqa jihatlari bo'lmasin to'g'risi O'zbekistonimizga etmaydi. Qaerda bo'lmayin tezroq yurtimizga qaytishni istab turaman. SHunday yurtning farzandi bo'lganimdan faxrlanaman va Xudoga shukronalar keltiraman.

- Bosh murabbiyimiz Mirjalol Qosimovga xorijlik mutaxassis yordam berishi haqidagi fikrlarga munosabatingiz qanday?

- Bu borada Mirjalol Qo'shoqivichning o'zidan suralganida maqsadga muvofiq bo'lar edi. Agarda rahbarlarimiz shuni lozim topishib, shunday mutaxassis jalb etilsa va bu terma jamoamiz o'yinini kuchaytirib, natijalarni yaxshi bo'lishiga yordam bersa men bundan faqat xursand bo'laman. Federaciyamiz rahbarlari terma jamoamiz bosh murabbiyiga yordamchi vazifasini ishonib topshirishganidan faxrlanaman. Yurt shani uchun bor imkonimni berib kurashaman.

- Navbahor jamoasi yo'qligingizda 2015 yilgi mavsumga tayyorgarlikni birinchi bosqichini tugatib ikkinchi bosqichni ham yarimlatib qo'ydi. Sizni jamoa o'yinchilarining hozirgi holati qoniqtirdimi?
- Terma jamoada bo'lishim Navbahorni mavsumga tayyorgarlik ko'rishiga xalaqit bermasligi uchun yordamchilarim bilan har kunlik jarayonni muhokamasini qilib aniq rejalar tuzib ish tashkil etgandik. Yordamchilarim va futbolchilar bilan alohida gaplashib mashg'ulotlarni ikir-chikirigacha kelishib ish tashkil etdik. SHuning uchun ortiqcha yuklamalar yoki behuda yugurishlar bo'lmadi. Mashg'ulotlar jarayonini to'liq nazorat qilib turdim. Yigitlar ham bunga javoban har bir mashq va topshiriqlarga masuliyat bilan yondoshib mehnat qilishganligi sezilib turibdi. O'ylanmanki bu qilgan mehnatlar mavsum davomida o'z samarasini beradi.



- Jamoani o'tgan yildagi o'zagi saqlab qolindi. Bu yaxshi albatta, ammo, ketgan o'yinchilarning o'rnini bosish uchun jamoaga qabul qilinganlar oz emasmi?

- Juda o'rinli savol. Jamoaning o'zagi saqlab qolindi. Ammo, bu ish osonlikcha bo'lmadi. Terma jamoa bilan BAAdagi yig'in davomida ham har kuni murabbiy va futbolchilar bilan aloqalashib turdim. Asosiy maqsadimiz hech kimni aldamagan holda ixtiyoriy ravishda biz bilan ishlash istagidagi o'yinchilar bilan yaxlit jamoa tuzish va sovrinli o'rinlar uchun kurashish. 2014 yilgi mavsumni birga o'tkazgan o'yinchilarimizning ko'pchiligiga boshqa jamoalardan manfaatliroq takliflar tushgan bo'lsada, yigitlarimizga rahmat, ular Navbahorda qolishni afzal bilishdi. SHukrki hozirda o'yinchilardan qarzdorlik bartaraf etilgan.

Jamoani qo'llovchi muxlislarga esa gap yo'q. Ayrim o'yinchilar ularning yoqimtoyiga aylanishgan. Bu yil jamoani o'tgan yildagidan ham kuchliroq bo'lishiga qilinayotgan harakatlarni o'yinchilarimiz juda yaxshi his etib turishibdi. SHu sabablar natijasida jamoa o'zagini saqlab qolishga erishdik. Bu xususda yana bir narsani aytmoqchi edim. Navbahorda avvalgi yillarda 10-12 nafar futbolchilarni jalb qilish anana tusiga kirib qolgandi. Muxlislarimizga shuni aytmoqchi edimki, biz endi yangi o'yinchi olishda songa emas sifatga etibor qaratmoqchimiz. Ashurmatov nega o'yinchi olamayapti, deb xavotirga tushmay, biroz sabrli bo'linglar. Bu bilan boshqa o'yinchi olmayman demoqchi emasman. Selekciya ishlarini bir daqiqa bo'lsa ham to'xtatmaymiz. Jamoa ixtiyorida mavjud ikki nafar darvozabonimiz yomon darajadagi o'yinchilar emas, lekin, birinchi davradagi bir-ikkita xato Denchevni olib kelishimizga sabab bo'lgandi. Ayni paytda ham raqobatni kuchaytirish maqsadida yangi darvozabon, yarim himoyamizni kuchaytirish uchun bir-ikki nafar o'yinchi, hujumchi qidiryapmiz.

Avstraliyadan qaytganimdan so'ng bu jarayon yanada kuchaydi. Yuzma-yuz gaplashgan boshqa ekan. Ayrim telefon orqali gaplashilgan o'yinchilarni kelishuvlari amalga oshmay qoldi. Jahongir Mehmonovni qaytarmoqchi edik. Moliyaviy sabablar bunga to'sqinlik qildi. SHukurali Po'latov esa farg'onalik bo'lgani uchun Neftchi variantini tanladi. Sardor Qobuljonovni tarkibimizda ko'rishni istagandik u Lokomotivni tanlandi. Men bularni muxlislarimiz bilib qo'yishlari uchun aytayapman xolos. Hali bir yarim oy tayyorgarlik jarayoni bor bu vaqt jamoani shakllantirish uchun etarli bo'ladi deb o'ylayman. Muxlislarimizdan sabrliroq bo'lib jarayonni kuzatib borishlarini so'rab qolaman.



- Hozirgi paytda jamoaga tarkibiga yangi qo'shilgan Leposavichni bevosita kuzatishga ulgurdingizmi?
- Ushbu o'yinchini taklif etishganda Leposavich ishtirokidagi o'yinlar tasviri tushirilgan disk taqdim etilgandi. Tasvirni ko'rib chiqib,  amalda bu o'yinchidan kuchliroq o'yinni kutgandim. Leposavich hali ham nazoratimizda turibdi. Legioner mahalliy o'yinchidan kuchli bo'lishi kerak. O'tgan yilgi legionerlarimiz yomon o'ynashmagan bo'lsada, mutaxassis sifatida ularning o'yinidan qoniqmadim. SHuning uchun Denchev yig'inga chaqirilmadi. SHu poziciyaga mos o'yinchini topish borasida ish olib borilyapti.

- Navbahor murabbiylar shtabida yoshlar bilan ishlayotgan mutaxassislarni almashtirilishiga nima sabab bo'ldi? Bu borada yana o'zgarishlar ro'y berishi mumkinmi?
- Yuqorida aytganimdek maqsadimiz Navbahorni sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirish. Biz shunga loyiq ish qilishimiz kerak. O'tgan yilgi yoshlarga boshchilik qilgan Tohir Madrahimov yomon murabbiy emas. Lekin, Navbahor yoshlarining natijasi qoniqarsiz bo'ldi. Klub rahbariyati kengashib murabbiylarni almashtirish lozim topildi. Asosiy tarkib murabbiylari qatoriga selekciya ishlari bilan shug'ullanuvchi mutaxassis olsak yomon bo'lmasdi. Bu masalani rahbariyat bilan bamaslahat echamiz degan umiddaman. Yoshlar tarkibi bilan shug'ullanuvchi murabbiylar qatoriga yana birorta mutaxassis olishimiz ham mumkin.



- Har yili jamoalar o'z oldiiga vazifalarni belgilab olishadi. Navbahorga 2015 yilda qanday vazifa qo'yildi?

- Mutaxassis sifatida oldiga yuqori vazifalar belgilagan jamoada ishlashni yoki shunday vazifalarni bajara oladigan jamoa tuzishni istayman. Hozirda ham Navbahorni meddallar uchun kurashishini xohlayman. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa mustahkam, barqaror byudjetga ega ega bo'lgan asos kerak. Navbahorni 2015 yilgi byudjeti hali tasdiqlanmadi. Tez kunlarda bu ish taqdiriga ham oydinlik kiritilishi kerak. Xarakterimdan kelib chiqib shuni xohlardimki, vazifalar va sharoitlar mutanosibligini taminlab har bir jabhada aniqlik bilan Senga mana bu byudjet, vazifa 3 yoki 4-o'rinni olish, bajara olmasangiz sizga nisbatan chora ko'riladi, deyilsa yaxshi bo'lar edi. Bor kuchim bilan ishlardim.

Bu borada shuni etirof etmoqchi edimki, viloyat hokimligi Toshkentdagi homiylarimiz bizni yaxshi qo'llab 2015 yil byudjetini belgilab berish arafasida turishibdi. Bazi jamoalardan transfer borasida bir oz kechikkan bo'lsakda hali vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham bor. Bu yil o'tgan yilgiga nisbatan kuchliroq jamoa tuzamiz deb ayta olaman. Ammo, jamoani Paxtakor, Lokomotiv, Bunyodkor, Nasaf jamoalari singari o'z bazasi, avtobusi bo'lmay turib medallar uchun kurashamiz desam, muxlislarmizni aldagan yoki ularning hurmatini joyiga qo'ymagan bo'laman. Byudjet taqozo etadigan legionerlarni taklif etishga majburmiz. Xullas, ishlashdan qochmayman. Menga nisbatan Navbahor muxlislarining katta ishonchi va mehri boshqa jamoaga o'tishga bo'lgan barcha takliflarni rad etishimga sabab bo'ldi. Barcha muxlislarimizdan minnatdorman. Ular bizning tayanchimiz va ularni xursand etish uchun ishlashdan charchamaymiz.



- Baxtiyor Siz asli qo'qonliksiz bir necha yillik tanaffusdan keyin Qo'qon-1912 jamoasini oliy ligaga chiqishini qanday qabul qildingiz?
- Faxr bilan ayta olamanki o'zbek futbolini beshigi bo'lmish Qo'qon jamoasini oliy ligaga qaytishi, Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlarining futboli rivoji albatta mamlakatimiz futboli saviyasini yuqorilashiga xizmat qiladi. Vodiy muxlislari o'zaro ahil, do'st bo'lishsa ayni muddao bo'lardi.

Manba: “Asr futboli” gazetasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика