So’nggi yangiliklar

09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  0 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  0 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  4 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  2 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  14 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  28 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  2 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Namangandan kelgan muxlislarimizga rahmat" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Namangandan kelgan muxlislarimizga rahmat"

"Lokomotiv" - "Navbahor" (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
"Kecha bizni taqib qilayotgan jamoalar g'alaba qozonishdi. SHu bois bugun imkon qadar ochko olish uchun maydonga chiqdik. Ammo ikkala jamoa o'rtasidagi farq sezilib qoldi. Endi navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deb gap boshladi Ashurmatov.

- Bolgariyalik darvozabon nima uchun bugun maydonga tushmadi?
- Uni tibbiy ko'rikdan o'tgani borasida qog'ozlarni hali olganimiz yo'q. SHu bois hali zayavkadan o'tkazishga ulgurmadik. Bugun maydonga tushgan Doniyor Usmonovga etirozim yo'q.

- Alisher Samatovning o'yini biroz chiqmadi.
- Aksariyat vaziyatlarda u yarim himoyada ham o'ynadi. Undan tashqari hali jamoamizga qo'shilib ketmadi. Lekin buni bahona qilmasligimiz kerak.

- Jamoaga qanday o'yinchi etishmayapti deb o'ylaysiz?
- Markazdagi yarim himoyachilarimiz asosan himoyayaga moslashgan. Oldinda Mansur Saidov bor. SHu bois hujumkor yarim himoyachiga muhtojmiz. Himoyada SHukurali Po'latovning ketgani ham o'z so'zini aytdi. Akbarovda esa o'yin amaliyoti kam.

- Dilshod Jabborov nima uchun maydonga tushmadi?
- "Lokomotiv" bilan kelishuvimizga ko'ra u bugun "temiro'ylchilar"ga qarshi Jabborovni maydonga tushira olmaymiz.

- 10 avgustga qadar transfer oynasi ochiq. Yana yangi o'yinchilar keladimi?

- YIl boshida biz bilan birga bo'lganlar o'ynashda davom etishadi. Faqatgina o'zini ko'rsata olmaganlar ketishi mumkin.

- Davralar oralig'idagi tayyorgarlikdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Bugungi o'yindan kelib chiqib 100 foiz tayyor emasmiz. Jamoamiz bir yillik emas, shuni tushunish kerak. Bugun bizni qo'llash uchun Toshkentga kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- Hakamlarga etiroz yo'qmi?
- Baxtiyor Namozov brigadasiga etiroz bo'lmadi.

- Kuzda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa bilan musobaqaga ketasiz. "Navbahor" qiynalib qolmaydimi?
- Haqiqatdan ham Mirjalol Qosimovga yordam berayapman. Musobaqaga ketgan vaqtimda yo'qligimni bilintirmaydigan yordamchilarim bor. Yurt sharafini himoya qilish barchamizning burchimizdir.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика