So’nggi yangiliklar

14:49"Металлург" бош мураббийи ҳакамларни ёмонлагани учун жарима тўлайди  0 14:21Муҳаммад Чиҳ: "Ўзбекистон Коста-Рикага қараганда кучлироқ рақиб ҳисобланади"  2 14:08Пеп Гвардиола: "Лаутаро Мартинес – ажойиб футболчи"  2 13:41Суперлига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 13:20"Шўртан" жамоаси янги автобус билан таъминланди  1 13:03"Пахтакор" "Жар"да жарга қулаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  7 12:52"Милан" собиқ устози Шомуродов жамоасини бошқариши мумкин  8 12:37Расман: "Рома" Де Россини истеъфога чиқарди  1 12:15Жан Салас: "Ўзбекистоннинг гол уришига йўл қўймасдан, уларни мағлуб этишга ҳаракат қиламиз"  2 11:58Ўзбекистон U-15 терма жамоаси туркийзабон давлатлар мусобақасида қатнашади  0 11:40Ҳусниддин Нишонов: "Коста-Рикани нима қилиб бўлса ҳам ютишимиз лозим"  4 11:11Диего Чаварриа: "Тошкент менга Кариньо шаҳрини эслатиб юборди"  0 11:04Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Осиё кубоги саралаш ўйинларида иштирок этувчи таркиби маълум  4 10:32"Барселона" аъзоси дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланди  2 09:55Меҳрож Худойбердиев: "Мағлубиятга сабаб ҳимоядаги хатолар бўлди"  4

Baxtiyor Ashurmatov: "Xolmuhammedovga penalti borasida raqobat qiladigan futbolchi dunyoda juda kam" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Xolmuhammedovga penalti borasida raqobat qiladigan futbolchi dunyoda juda kam"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Bugungi o'yin bu yilgi mavsumdagi eng omadli va eng jangovor o'yinlardan biri bo'ldi. Futbolchilarimiz juda katta xajmdagi ishni bajarishdi. Bunday o'yin uchun yigitlarimiz bilan faxrlanmaslikni ilojisi yo'q. Afsuski bugungi xursandchligimizni Norbekov hamda Berdievlarning jarohat olganliklari biroz buzib turibdi. Norbekov operaciya qilinadigan bo'lyapti. Suhrob Berdievni holati bo'yicha esa tibbiy tekshiruvlar yakuniga etgandan so'ng shifokorlar bir xulosaga kelishadi. Eng birinchi o'rinda Ollohdan har ikki futbolchimizga shifo so'rayman. Ular tezroq sog'ayib safimizga qaytishini tilayman. Bugun sog'liklarini tavakkal qilib, o'zlarini ayamasdan, borlarini berib o'ynashgani uchun futbolchilarimga katta minnatdorchilik bildiraman. AGMK bugungi kunda tarkib jihatidan ham, moliyaviy tomonidan ham, murabbiylar shtabining malakasi tomonidan ham O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lib turibdi. SHu sababli yigitlarga o'yindan oldin bugungi o'yin “yil jangi” bo'lishini aytib o'tgandim . Bu o'yinga biz mavsumning eng muhim o'yiniga chiqqandek, final o'yiniga chiqqandek tayyorgarlik ko'rgan edik. Futbolchilarimiz murabbiylar shtabining talabini to'g'ri tushunishdi va biz bugun juda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Bu yilgi natijalarimizda rahbarlarimizni, muxlislarimizni , klubimiz tizimida ishlayotgan barcha xodimlarni katta hissalari bor. Fursatdan foydalanib butun jamoaga o'zimni nomimdan minnatdorchiligimni izhor qilaman.

Bugungi g'alaba bizda mavsum yakunlanishiga 5 tur qolganda, sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatimizni saqlab turibdi. Bu albatta quvonarli holat. Oldinda bizni “Nasaf”ga qarshi o'yin kutib turibdi. O'ylaymanki yigitlarimiz Qarshida ham o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishadi. "Nasaf" tezkor jamoa, qarshi hujumlardan unumli foydalana oladi".

- Bugungi g'alabada asosiy omil nima bo'ldi?

- Bugungi g'alabadagi asosiy omil bu murabbiylarning mexnatidan ko'ra futbolchilarimizning maydonda bir oila bo'lib , borlarini berib o'ynaganlari bo'ldi deb o'ylayman. O'yindan oldin bizda asosiy tarkibga kimni tushurish muammosi bor edi. Har bir o'yindan oldin qaysidir futbolchimiz qizil kartochka yoki boshqa sabablarga ko'ra safimizda bo'lmayapti. Avazxon Mamatxo'jaev oxirgi ikki o'yinda o'ng qanotda juda yaxshi o'yin namoyish qilgan edi. Hamma biladi bizda o'ng qanotda Murod Xolmuhammedov o'ynar edi. Biz Mamatxo'jaevga tarkibda joy berish uchun Xolmuhammedovni tayanch yarim himoyasiga o'tkazdik. Barchangiz ko'rdingiz Murodjon bugun juda foydali o'yin ko'rsatdi. Xolmuhammedov jamoamizni maydonda ham , maydon tashqarisida ham haqiqiy etakchisi hisoblanadi. SHuningdek Muzaffar Muzaffarov, Yakuba Bamba kabi futbolchilarimiz zahirada qolishdi. Tarkibimizda bunday raqobatni borligi bizni albatta xursand qiladi. Hozir hamma futbolchilarimiz yuqori sport formasidalar. Tarkibga kirmay qolgan futbolchilarimizdan uzr so'rayman, ular ham albatta asosiy tarkibga kirishga loyiq futbolchilar. Murabbiylarning oldida turgan yana bir muammo raqobat kuchli ekanligi sabab qaysi futbolchini tushurishda boshimiz qotyapti. Kim sabr, mehnat qilsa o'zini ko'rsata olsa biz ham o'zimizga o'zimiz dushman emasmiz. Muxlislar xursand bo'lsa bizga ham yaxshi.

- Tig'iz taqvim jamoaga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?
- Taqvimning zichligi qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin bunday paytda futbolchilarning xarakterlari , yigitlarning o'zlariga bo'lgan ishonchlari juda muhim. O'yindan keyin ham futbolchilarda charchoq borligi ko'rinib qolmoqda. Ikkinchi tomoni bizga mana shunday tig'iz taqvim maqul kelmoqda. Markazlashgan o'yinlarda ham jamoamiz yaxshi natijalarni qayd etishgan edi. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi.

- Bugun jarima to'plarini boshqa futbolchilar amalga oshirishdi. Bu oldindan berilgan ko'rsatmami?
 
- Biz o'yindan oldin maydonning qaysi tomonida jarima to'plari tepish imkoni bo'lsa, kim tepishini futbolchilarga aytamiz. SHuning uchun jarima zarbalarini Muhammadanas Hasanov, Suhrob Berdiev va Murod Xolmuhammedovlar ijro etishdi. Penalti tepish masalasida esa barchaga malum. Murod Xolmuhammedovga raqobat qiladigan futbolchi nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda ham juda kam.

AGMK jamoasi ham bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa meni xursand qilgan narsa , futbolchilar maydonda feyr-pleyga amal qilib , futbolchilarimiz maydonda jarohat olishganda to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. Biz to'pni maydonda chiqarib yuborgan vaziyatda esa to'pni yana o'zimizga qaytarib berishdi. O'yindan keyin Sanjar Tursunovga oliyjanobligi uchun alohida rahmat aytdim. AGMKga keyinga o'yinlarda omad tilayman. O'ylaymanki, 2-3 o'rinlar uchun kurashni ancha qiziqlashtirib berdik. "Paxtakor" so'zsiz chempion. Bizda uchinchi o'rin imkoniyat bor. Muxlislar bu o'rinlar uchun intirgani ko'rishadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика