So’nggi yangiliklar

22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  2 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  4 20:41"Тоттенхэм" Сон Хён Мин билан хайрлашиши мумкин  2 20:17"Бавария" "Боруссия Д" вингерига даъвогар  0 19:581 йилдан бери гол урмаётган Грилиш "Сити"дан кетиши мумкин  2 19:52Санжар Турсунов — "Локо"нинг тушиб кетиши, Бердиевни табриклагани, клубдаги мантиқсиз ишлар ва келажаги ҳақида   5 19:35МЮ Брунунинг ходимлар харажатларини тўлаш таклифини рад этгани маълум бўлди  2 19:20Расман: Ўзбекистон футзал федерацияси ташкил этилди. Унинг раҳбари ҳам маълум  7 19:10Баҳодир Сейткамолов: "Мени Сейткамолов қилган "Навбаҳор" бўлади, Россияда юрдим лекин футболни соғиндим"  11 18:46БМБ футзал клуби раҳбариятида ўзгариш рўй берди  1 18:25"Ливерпуль" Венгрия терма жамоаси ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи. Унга МЮ ва "Челси" ҳам даъвогар  0 17:58"Ланс" 17 ёшли иқтидорни 2 млн еврога сотиб олади  2 17:32Расман: Игорь Сергеев – "Пахтакор" аъзоси!  22

Baxtiyor Ashurmatov: Maqsadim Navbahor muxlislari mehrini qozonish Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Maqsadim Navbahor muxlislari mehrini qozonish

Namanganning “Navbahor jamoasi ayni paytda ikkinchi davraga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda. Davralar oralig'ida jamoada o'zgarishlarni ro'y berishi taxmin qilinmoqda.
Aslini olganda yozgi transfer oynasi davrida jamoani ayrim o'yinchilarni tark etishi taxmin qilingandi. Qolaversa, bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Baxtiyor Ashurmatovni ham Navbahorda qolish yoki qolmasligi ham aynan davralar oralig'idagi vaqtda hal bo'lishi taxmin qilingandi.

Tanaffus davrida xorij kompaniyasini Navbahorga homiy etib biriktirilgach, jamoaning moliyaviy holati ham yaxshilanmoqda. Jamoaning tayyorgarligi, davra yakunlariga oid hamda bir qator savollarga javob olish maqsadida Navbahor bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.

- Suhbatimiz avvalida ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarlik rejasi xususida gapirib bersangiz?
- Birinchi yig'inimiz CHirchiqda 4 iyuldan 17 iyulgacha davom etadi. CHirchiqdagi mashg'ulotlar davomida ikkita nazorat o'yinida maydonga tushish ham rejalashtirilgan. Dastlab Mashal (12 iyul) bilan kuch sinashamiz. Ikkinchi uchrashuvda Qizilqum (14 iyul) Navbahorga raqiblik qiladi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Toshkentda o'tkazamiz. Poytaxtdagi yig'in davomida mashg'ulotlar bilan bir qatorda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishga ham etibor qaratamiz. Lokomotivga qarshi ikkinchi davraning dastlabki o'yiniga qadar Toshkentdagi Geofizika qarorgohida shug'ullanishni rejalashtirganmiz.

- Tarkibda qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkin?
- Ayni paytga kelib tarkibni uch nafar futbolchi tark etdi. Yani Timur Yafarov, Durbek Umaraliev va Sohib Abdullaevlar ikkinchi davrada Navbahorda o'ynashmaydi. SHuningdek, yoshlar tarkibi vakili Akbarsho Rashidxonov ham Andijon safida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoaga yangi qo'shiladigan o'yinchilar borasida hozircha hech narsa aniq emas. Yig'in davomida selekciya ishlarini olib boramiz. Beloruslik himoyachimiz Yuriy Rijko bilan biragalikda ko'rikdan o'tish uchun Andrey Lyasyuk ismli hujumchi keladi. U bunga qadar asosan Belorus chempionatida to'p surgan. Ixtiyorimizda SHahboz Erkinov va Abdumalik Abdullaev kabi hujumchilar bo'lsada, jamoadagi raqobatni kuchaytirishimiz lozim. Hozircha boshqa yangilik yo'q.

- Navbahor muxlislarini farg'onalik futbolchilarni taqdiri qiziqitirmoqda.
- Yig'indan so'ng bu masalalarga oydinlik kiritiladi. Har bir futbolchi bilan alohida suhbatlashib olamiz. SHundan so'ng kimni ketishi va kim bilan xayrlashishimizga oydinlik kiritiladi. Hozircha biror-bir futbolchi oldimga kelib klubdan ketish istagi borligini aytgani yo'q. To'g'ri, ularning bazilariga ko'plab jamoalardan taklif kelib tushmoqda. SHunday bo'lsada, yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan boshqa hech kim jamoadan ketgani yo'q.

- Jamoaning birinchi davradagi ishtirokidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Asosiy yutug'imiz shundan iboratki, mavsum boshidan oldimizga qo'yilgan eng asosiy vazifani, yani o'yingohga muxlislar tashrifini oshirish edi. O'tgan yili namanganliklar o'yiniga tomoshabinlar pasaygani bor gap. Bu vazifani qaysidir manoda uddaladik deb o'ylayman. Navbahorga muxlislar tomonidan qiziqish va talab kuchaydi. Namanganga katta futbol qaytdi. Lekin, birinchi davra o'yinlaridan 100 foiz qoniqish xosil qilmadim. CHunki mavsumning birinchi qismini 5-6 o'rinlarda yakunlashni ko'zlagandik. Afsuski so'nggi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrashimiz oqibatida niyatlarimiz amalga oshmadi. Yani oldimizga qo'yilgan vazifani to'liq bajara olmadik. O'zimiz istagan o'rinni band etmaganligimiz, tabiiyki muxlislarimizni ham ranjitdi. Namanganlik futbol shinavandalari suyukli jamoalarini har doim yuqori o'rinlarda ko'rishni istashadi. Birinchi davradagi mag'lubiyatlar qo'lga kiritgan yutuqlarimizni biroz yuvib ketdi.

- Jamoani yangi homiyga ega bo'lishi Navbahordagi faoliyatingizni davom ettirish uchun ijobiy turtki bo'lgandir?
- Homiy topilgani albatta yaxshi bo'ldi. Lekin, bu istagan futbolchini jamoaga olib kelish mumkin degani emas. Albatta o'zimizga kerakli bo'lgan o'yinchilarni tarkibga chorlaymiz. Zero, bazi poziciyalarni kuchaytirish yoki raqobatni o'stirishimiz zarur. Qimmatbaho o'yinchilarni ham tarkibga hozirni o'zidan qo'sha olmaymiz. CHunki boshqa futbolchini xarid qilish uchun ayni paytda tarkibda bo'lgan kimnidir qo'yib yuborishimizga to'g'ri keladi. SHu darajaga etgungacha mehnat qilgan futbolchilarni homiy paydo bo'lgach qo'yib yuborish noto'g'ri bo'ladi. Biz bunday yo'ldan bormaymiz. To'g'ri, kerakli poziciyalarga yangi o'yinchilarni sotib olish rejamizda bor. Yana bir bor takrorlab o'taman, qimmat xaridlarga qo'l urish imkoniga ega emasmiz. Hozirgi yordam qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz uchun etarli bo'ladi. Viloyat hokimligi ham qo'llab-quvvatlab turibdi. Federaciya prezidenti Mirabror Zufarovich bilan uchrashuv o'tkazganimizning o'zi bizning katta yutug'imiz. Mavsum oxirigacha Navbahorda ishlashim so'roq ostida turgandi. Hozirga kelib, ishonch bilan aytishim mumkinki, Navbahordan mavsum yakunlanmaguncha ketmayman. Rahbarlar ham jamoaga o'z yordamlarini ayamasliklarini bildirishgan. Vaziyat ijobiy tarafga o'zgaradi deb o'ylayman.

- Birinchi davra yakunlangach klub rahbariyati bilan moliyaviy masalalarni muhokama qilib chiqishingizni aytgandingiz…
- Namangan futbolining yaxshi tomoni shundaki, jamoa o'zining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan raxbarlarni ham klubga yaxshi niyatlar bilan qarashga va qiziqitirishga imkoni bor. So'nggi yillarda lochinlar moliyaviy qiyinchiliklar girdobidan chiqa olmayotgandi. Lekin, ushbu mavsumdan etiboran bunday ko'ngilsizliklarga chek qo'yildi. Kito internacional kompaniyasi Navbahorga yordam berish istagida xomiylik qilishi bu borada birinchi qadam tashlanganidan dalolat beradi. Bu ham jamoaga bo'lgan etiborning hosili, yigitlarning mehnati mevasidir. Ularning ko'rsatgan o'yinlari evaziga bunga haqli ravishda erishishdi. Jamoamiz nomidan federaciyamiz rahbarlariga jamoamizga bo'lgan etibor uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Ularning ishonchlarini ikkinchi davrada qo'limizdan kelgancha oqlashga harakat qilamiz.

- Ayrim internet nashrlarining etirofiga qaraganda jamoa yangi darvozabon qidirayotgan ekan. Bu malumot qanchalik asosli?
- Internetdagi manbalardan bu haqda malumotlar tarqalganidan xabarim bor. Ammo, ularning barchasi asossiz ekanligini aytish lozim. SHunga o'xshash xabarlarning bari haqiqatdan ancha yiroq. Qaysi futbolchi bilan muzokara olib borayotgan bo'lsak yoki kim bilan bitim imzolasak, bu haqda jamoamiz rasmiy saytida elon qilamiz.

- O'tgan yili qo'l ostingizda to'p surgan Alisher SHog'ulomovni ikkinchi davradan tarkibda ko'rishimiz mumkinmi? Umuman yangi hujumchi qidiryapsizmi?
- Alisher SHog'ulomovga Lokomotiv tomonidan taklif kelib tushgan. SHuning uchun u temiryo'lchilar azosiga aylanishga yaqin turibdi. Albatta, agarda Alisher Navbahorga kelganida shubhasiz jamoa o'yinini kuchaytirgan bo'lardi… Selekcionerlarimizning asosiy vazifasi kuchli hujumchi izlashdan iborat. Lekin, O'zbekiston futbolida hozirgi kunda yaxshi saviyadagi hujumchi topish muammo bo'lib turibdi. 2-3 nafar nomzodlarning o'yinini ko'rib chiqib, maqul kelgani bilan shartnoma tuzishimiz mumkin. Oldingi chiziq uchun yana boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqchimiz.

- Lokomotiv yarim himoyachisi Dilshod Jabborov birinchi davrada o'yin amaliyotiga kam hollarda ega bo'ldi. Sizda uni jamoaga chorlash fikri bormi?
- Ha, bor edi. Dilshod Jabborov yaxshi sportchi. Albatta uni Navbahorda ko'rishni istardik. Biroq, unga taklif bilan chiqishimizdan avval Olmaliqdan chorlov bo'lganligi oydinlashdi. SHu sababli Jabborov ularga rozilik berib ulgurgan ekan. SHuning uchun vaziyatni qanday tus olishi hozircha nomalum. Ko'p narsa Dilshodning o'ziga bog'liq. Birinchidan uning amalda Lokomotiv bilan bitimi bor. Namanganlik o'yinchi safimizga o'tsa bizga albatta yordami tegardi. Bundan xursand bo'lardik. Hozircha bu masala ochiqligicha turibdi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Hozir kutishdan boshqa ilojimiz yo'q.

- Sizda futbolchilarni ruhlantirish xususiyati yuqori. Nutq so'zlashdan odin tayyorgarlik ko'rasizmi?
- Bunga tayyorlanmayman. Savol berilgach o'z fikrlarimni aytaman xolos. Misol uchun televideniega ham taklif etishganida, avvaldan qanday savol berilishini aytishmaydi. Qanday savol berilsa, vaziyatga qarab javob berishga harakat qilaman. Futbolchilarni ruhlantirish murabbiyning ishi. Bazilar jamoaga ruhshunos olib kelish kerakligini aytadi. Ammo, shaxsan o'zim asosiy psixolog - bu murabbiy deb o'ylayman. Har bir futbolchining fel-atvorini bilish zarur.

Kimgadir yumshoqroq, kimgadir esa qattiqroq muomilada bo'lish kerak bo'ladi. SHunday bo'lsada, ruhlantirishning ham o'ziga yarasha chegarasi bo'ladi. SHunday holatlar ham bo'ladiki, bu narsa hatto tasir ham etmay qolishi mumkin. O'zim ham futbolchi bo'lganligim sababli shogirdlarim bilan til topishishimiz osonroq kechadi. Ular menga to'la ishonishadi. O'zim ham birinchi navbatda futbolchilarim tomonida bo'lishga harakat qilaman. Moliyaviy qiyinchiliklar mavjud paytlarda ham ular bor kuchlari bilan to'p surishdi. Menga bo'lgan ishonchlari uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirib o'taman. Xudo xohlasa, vaziyat ijobiy tarafga o'zgarishni boshlasa, ruhlantirish ham osonroq bo'ladi.

- Hozirgi darajaga ko'tarilishingizda qaysi murabbiyning xissasi katta bo'lgan?
- Futbolchi bo'lishimda ham, murabbiy bo'lib etishishimda ham birinchi ustozim Bahrom aka Hakimovning hissalari katta. Qolaversa, Tachmurod Agamurodovga ham xurmatim cheksiz. Mirjalol aka Qosimovdan ham ko'p narsa o'rganganman. Hozirgacha Mirjalol Qo'shoqovich kerakli maslahatlarini mendan ayamaydi. Hurmatli Rustam aka Akramovdan ham murabbiylik kurslarida juda ko'p narsalarni o'rgandim. Aleksandr Volkov qo'lidan kelganicha yordamini ayamay keladi. Ustozlarimdan har doim maslahat so'rab turaman. Umuman olganda esa ustozlarim ko'pligi tufayli barchalarini aytishim qiyin.

Ularning barchalaridan minnatdorman. Murabbiylik sohasida hali qiladigan ishlarim ko'p. Juda ko'p izlanishim kerak. O'z ustimda bosqichma-bosqich o'sib borib muxlislar talab qilgan darajadagi mutaxassis bo'lib etishishga harakat qilaman. Federaciyamiz rahbariyati ishonch bildirib, O'zbekiston terma jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida jalb etishdi. Ularning ishonchlarini oqlash uchun ham o'z ustimda juda ko'p ishlashim kerak. Mehnatdan qochmayman.

- Birinchi davrada asosan murabbiylik kurslarida o'qiganingiz bois jamoa mashg'ulotlarini Mustafo Bayramov va Zohid Nurmatovlar olib borishdi. Uchrashuvga asosiy tarkibni tuzishda ular yordam berishadimi yoki bu o'zingizni qaroringiz bo'ladimi?
- O'zbekiston futbolida munosib iz qoldirgan Zohid Nurmatov va Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Sergey Zaxareckiylar murabbiylar shtabidan joy olishgan. Ular bilan birga maslahatlashib ish tutamiz. Bazi vaziyatlarda tarkibni o'zim tuzaman. Yordamchi murabbiylarim ayrim vaziyatlarni ko'rmay qolsam, ko'maklashib turishadi. Bosh murabbiy mashg'ulotlar jarayonida ham o'zi bosh bo'lib turishini tarafdoriman. Birinchi davrada tashkiliy ishlarni ham o'zim bajardim.

Qolaversa, Pro licenziyasi uchun o'qishni ham davom ettirdim. Bazi o'yinlarda balki bu ham salbiy tasir qilgandir. Ikkinchi davradan boshlab o'zim mashg'ulotlarda bosh-qosh bo'lishga harakat qilaman. Agarda Navbahor muxlislari mehrini qozonsam, bu asosiy yutug'im bo'ladi. SHogirdlarimdan ham birinchi navbatda shu narsani talab qilaman. Birinchi davrada namanganlik ishqibozlar doim bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. To'g'ri, mag'lubiyatga uchragan paytlarimiz ham bo'lib turdi. Hatto shunday kunlarda ham ular jamoani yolg'iz qoldirishmadi. Ularga nisbatan xurmatim cheksiz.

- Aleksandr SHadrinning vafoti Sizga qanday tasir qildi?
- Bu O'zbekiston futboli, terma jamoa, uning oilasi va barcha muxlislar uchun katta yo'qotish bo'ldi. Afsuski hayotda hech kim oldindan nima bo'lishini bilmaydi. SHu sababli insonlar bir-birini qadriga tirikligida etishishini istardim. Bazi hollarda bilib bilmay kimnidir xafa qilib, ko'nglini og'ritib qo'yishimiz mumkin. Inson iloji boricha shunday vaziyatlarni kamaytirish lozim. CHunki inson qadri mana shunday kunlarda bilinadi. Jamoamiz nomidan SHadrinning oilasiga va Lokomotiv klubiga taziyamni izhor qilaman. Bu xabarni eshitib shok holatiga tushdim. Aleksandr bilan birga Lokomotivda to'p surganmiz. U ajoyib yigit va futbolchi edi. Hayot davom etadi. Endilikda uning ota-onalari va rafiqasi kuchli bo'lishlari kerak. SHadrin Navbahorda ham o'ynagan. U Paxtakorga urgan gollari bilan barchaning xotirasida saqlanib qolgan. Uning nomi muxlislar yodida abadiy qoladi.


Javlon Mahmudov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика