Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyatda aybdorman"
28 iyu 2019 09:16
Yangiliklar


Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyatda aybdorman"
Superliga 14-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Avvalambor bugungi mag'lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman. "Nasaf" yaxshi jamoa, lekin muhlislarimiz oldida o'z maydonimizda bundan yaxshiroq, tajovuzkorroq o'yin ko'rsatishimiz kerak. Biz muxlislarimiz oldidagi aybimizni yuvish uchun keyingi o'yinlarda xudo xohlasa kerakli ochkolarni qo'lga kiritishimiz kerak.
Rahbariyat jamoaga hamma sharoitlarni yaratib bermoqda. Oylik maoshlar ham to'landi. Biz shunga yarasha munosib uyin ko'rsatishimiz kerak. Mag'lubiyatda aybdorman. Surxondaryoda yaxshi jamoa bo'lishi uchun yurakdan mehnat qilmoqdamiz. Nasib qilsa, tez orada jamoamiz muxlislarimizga manzur bo'ladigan chiroyli o'yin ko'rsatishiga ishonib qolaman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar