Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyat uchun muxlislar oldida aybdormiz"
05 may 2019 12:03
Yangiliklar


Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyat uchun muxlislar oldida aybdormiz"
“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugungi o'yin ancha qiyin o'tdi. “Nasaf” ancha yaxshi shakllangan jamoa ekanini yana bir bor isbotladi. Biz qayd etilgan mag'lubiyat uchun muxlislar oldida aybdormiz. Lekin ishqibozlar bilishlarini xohlardimki, biz o'yinga chin dildan bor kuchimizni ishga solgan holda tayyorlagan edik. Lekin bugun ko'plab vaziyatlarda omad etishmadi, o'yinimiz qovushmadi. To'g'ri, hozirgi vaqtda musobaqa jadvalidagi o'rnimizdan muxlislarimiz hafa. Lekin biz butun jamoa bo'lib, kelayotgan turlarda ushbu vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar