So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  3 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Baxtiyor Ashurmatov: “Keyingi bosqichda kim bilan to'qnash kelishni emas avvalo bugun g'alaba qozonishni o'ylagandik” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Keyingi bosqichda kim bilan to'qnash kelishni emas avvalo bugun g'alaba qozonishni o'ylagandik”

Teglar :  AndijonQizilqum
O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Andijon” – “Qizilqum” (3:1) bahsidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.


- Tabrik uchun rahmat. Ochig'ini aytganda, bugungi o'yin saviyasidan futbolchilar, murabbiylar shtabi va jamoamiz muxlislari qoniqmadi. Bugun o'yinni men yuqoridan kuzatib bordim. Xatolar afsuski juda ko'p. Bularni bartaraf etish uchun ishlashimiz kerak. O'yin saviyasini kelgusida yuqoriroq darajaga ko'tarishimiz lozim. CHunki bunday saviyada o'ynashda davom etsak, keyingi o'yinlarda bizga qiyin bo'ladi. Keyingi bahsimiz “SHo'rtan”ga qarshi kechadi. Juda ham qiyin o'tadi deb o'ylayman. Bo'lajak bahsda faqat g'alaba qozonishimiz joiz. Buning uchun esa o'yinimiz saviyasini yaxshilashimiz darkor. Himoya chizig'ida xatoliklar bor - deya gap boshladi Baxtiyor Azamovich.

  
- “Qizilqum” bilan Navoiydagi o'yinni taqqoslaganda, bilasizmi har bir jamoa o'z uyida baribir boshqacha o'ynaydi. Muxlislarni daldasini xis qilgan xolda, qandaydir qo'shimcha kuch bilan xarakat qiladi. SHu sababli “Qizilqum” o'z uyida juda kuchli futbol namoyish qiladi. Bizning jamoa hozircha uyda yaxshi o'ynab, safarda aksincha muxlislar xohlagan darajada o'ynay olmayapti. O'tgan uchrashuvdan farqi katta bo'ldi. Ustunlik jamoamiz tomonida bo'ldi. Menimcha bugun ob-havoning issiqligi ham har ikki jamoa futbolchilariga o'z tasirini o'tkazdi. Yigitlar o'zlari istaganidek o'ynay olishmadi. Bugun raqib tarkibida Bahriddin Vahobov va Vyacheslav SHevchenko xarakat qilmadi. Agarda ular bo'lganida bizga yanada qiyin bo'lishi aniq edi. Garchi ular bo'lmasada, bizga qiyinchilik tug'dirdi. Himoyadagi bo'shlik bizni havotirga solmoqda.
- Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan to'qnash kelishimizdan ham ko'ra, bugun g'alaba qozonishni istagandik. SHu bois optimal tarkibni tushirishga qaror qildik. Farhod Bekmurotov keyingi tur o'yinini o'tkazib yuborishi munosabati bilan uning o'rnida bugun boshqa futbolchilarni sinab ko'rdik. CHunki biz “SHo'rtan”ga qarshi bahsga ham yigitlarni yana bir bor nimaga tekshirib olishni o'ylaydik.
- O'yin vaqtini rahbariyat hal qiladi. Bizga qolsa, kechroqqa qo'ygan bo'lardik. Bu borada rahbariyatga iltimos qilamiz va nasib qilsa, keyingi o'yinlar qulay vaqtga qo'yiladi.   
- Safardagi bahslarda bizga omad etishmayapti. SHuningdek yigitlarga qandaydir g'alabaga bo'lgan ishonch yo'qdek. Ochig'ini aytganda, bu xolat o'zimizni ham qoniqtirmayapti. Bunga biz murabbiylar shtabi ham aybdor. Sabablarini o'rganib, kamchiliklar ustida izlanmoqdamiz. Himoyada kamroq xato qilish borasida ishlayapmiz. Standart vaziyatlarda himoyalanish asosiy kasalligimiz bo'lib qolmoqda. Misol uchun aytaylik, “Qizilqum” bilan Navoiyda o'tgan uchrashuvimizda ikkita standart vaziyat va biz o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubormoqdamiz. Bu vaqtinchalik xolat. O'ylaymanki yaqin turlarda biz safarda ham o'zimiz xohlagan natijani qo'lga kirita olamiz - deydi Ashurmatov.


“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика