So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  15 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelgusi mavusmda "Qo'qon-1912" yanada kuchli bo'ladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelgusi mavusmda "Qo'qon-1912" yanada kuchli bo'ladi"

O'zbekiston Coca Cola Kubogi yarim final doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- Bugun mavsumdagi oxirgi o'yin bo'ldi. Mavsumni yuqori saviyada o'tkazganlari uchun futbolchilarimga, bizga yaxshi sharoitlarni yaratib bergan jamoamiz rahbariyatiga hamda butun mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlab kelgan qadrdon muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bu mavsum shuni ko'rsatdiki, bizda umid va ishonch bor. Asosiysi muxlislarimizda bizga nisbatan ishonch paydo bo'ldi. O'ylaymanki kelgusi mavusmda jamoamiz yanada kuchli bo'ladi. Yigitlarimizga qilgan mehnatlari uchun yana bir bor rahmat aytaman.

O'yinga keladigan bo'lsak, "Paxtakor" kuchli jamoa , ular haqqoniy g'alabaga erishishdi. Lekin natija o'yinga mos bo'lmadi. Futbolchilarimiz 0-3 hisobidagi mag'lubiyatga loyiq emas edilar. Futbolchilarimizga bugungi bahsda ham borlarini berib o'ynashdi. Ularga xech qanday etirozim yo'q. Raqib safida yaxshi ijrochilar yig'ilganligi, zahiradan maydonga tushgan futbolchilari ham o'yinni kuchaytira olishgani yakunda o'z so'zini aytdi. Bugungi bahs oldidan tarkibimizdagi yo'qotishlar ham o'yinimizga tasir qildi. 



Zaxiramizda o'yinni kuchaytirita oladigan futbolchilar qolmaganini ham takidlash joiz. Muxlislar xujumni kuchaytirishni talab qilishdi. Norbekovni tushirdik, afsuski SHohnazar hali o'yinga tayyor emas edi. SHunday bo'lsa ham futbolchilarim maydonda oxirigacha kurashishdi, borlarini berishdi. Buni o'yin tugagach muxlislarimiz bizni olqishlar bilan kuzatib qo'yganligidan ham bilsak bo'ladi.Endi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Legionerlarimiz 11 oy davomida uylariga borishmagandi. Bilasizlar, Yosovich jarohat olgandi. Baribir u qolgan bahslarda maydonga tusha olmasdi. SHuni ham inobatga olgan holda legionerlarga ruxsat berdik. Ivan yangi mavsumda ham jamoamiz safida o'ynashi mumkin.

Yil davomida mehnat qilgan murabbiylar shtabiga, shifokorlarimizga  va klubdagi barcha xodimlarga ham o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman. Natijalarda barchalararining hissalari katta bo'ldi", - deydi Ashurmatov. 




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика