So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Baxtiyor Ashurmatov: “Jamoani yuqoriroq darajaga olib chiqa olmaganligim uchun aybdorlik hissi ila jamoa bilan xayrlashmoqdaman” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Jamoani yuqoriroq darajaga olib chiqa olmaganligim uchun aybdorlik hissi ila jamoa bilan xayrlashmoqdaman”

"Qo'qon-1912" sobiq bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ketish oldidan barcha jamoa azolari hamda muxlislarga o'zining minnatdorligini bildirdi.

- Assalomu alaykum hurmatli “Qo'qon-1912” jamoasining fidoyi muxlislari. Mana jamoada 2,5 yil ishlaganimdan keyin Sizlar bilan xayrlashadigan payt keldi. Mening “Qo'qon-1912” jamoasida ishlashim uchun menga ishonch bildirgan, meni qo'llab quvvatlagan jamoa rahbari, Qo'qon futbolining jonkuyari, ”Qo'qon-1912” jamoasining shuncha yil davomida Superligada o'ynashiga o'z hissasini qo'shgan oliyjanob inson, Baxtiyor aka Tolipovga, jamoani har tomonlama qo'llab quvvatlagan jamoamizning jonkuyar rahbarlariga, jamoani yaxshi kunida xam, og'ir kunida xam qo'llab-quvvatlab turgan “Qo'qon-1912” jamoasining betakror, fidoyi, jamoa uchun jonini fido kiladigan ajoyib muxlislariga, jamoada men bilan aka-ukadek bo'lib ketgan futbolchilarga, jamoada ishlagan xar bir xodimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va chin yurakdan rahmat deb qolaman. 

Jamoani qabul qilib olganimda bosqichma-bosqich jamoani yuqori darajaga olib chiqishni va Osiyo CHempionlar Ligasiga chiqishni maqsad qilib qo'ygandik. Xudoga shukr muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari bilan birinchi bosqichdan yorug' yuz bilan o'tdik. Ikki yil davomida autsayderlar qatoridan jangovar, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ya oladigan jamoaga aylandi. Yanada kuchayish va medallar uchun kurashadigan jamoalar qatoriga qo'shilishimiz uchun 2021 yildagi tarkibni saqlab qolish va bu jamoa qatoriga 4-5ta kuchli futbolchilarni qo'shish talab etilardi. SHunda jamoa bemalol yuqori o'rinlar uchun kurasha olardi.

Lekin afsuski 2021 yilgi tarkibni ayrim sabablarga ko'ra saqlab qola olmadik va jamoani kuchaytira olmadik. Bu xolat natijaga baribir o'z tasirini o'tkazdi. Jamoani yuqoriroq darajaga olib chiqa olmaganligim uchun aybdorlik hissi ila jamoa bilan xayrlashmoqdaman. Lekin ishlagan paytimda futbolchilarni faqat to'g'ri yo'ldan borishga undadim. Yutsak halol yutdik, yutqazsak halol yutkazdik. SHu sababli Yaratganning oldida ham, muxlislarimiz, rahbarlarimiz oldida ham vijdonimiz toza, yorug' yuz bilan xayrlashmoqdaman. Muxlislarimiz xohlagan Osiyo CHempionlar Ligasiga chiqa olmaganimiz uchun barchaning oldida qarzdorman va xudo xoxlasa vaqti soati kelib yana Qo'qonda ishlayman deb umid kilib qolaman. Muxlislarimiz doimo sog'-salomat bo'lishlarini, xonadonlarida faqat xursandchilik kunlar bo'lishini tilayman.

“Qo'qon-1912” jamoasi va Qo'qonlik muxlislar doimo qalbimda bo'lishadi. Jamoa rahbariyatiga va barcha jamoa azolariga omad tilayman! Muxlislarimizni doimo hurmat qilganman, qadrlaganman. Yaxshi kunlarda yana ko'rishguncha deb qolaman. Muxlislarimizga, “Qo'qon-1912” jamoasiga mehr bilan Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика