So’nggi yangiliklar

23:35Деярли барча футболчилари билан хайрлашган "Металлург" черногориялик ҳужумчисини трансферга қўйди  0 22:45"Реал" нимадан норози?  1 22:15Энцо Мареска: "Манчестер Сити" соврин учун курашга қайтади"  0 21:41Расман: "Навбаҳор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  1 21:28"Goal" АПЛда йилнинг энг яхши трансферлари рейтингини тузди  0 20:50Бруну МЮ раҳбарияти билан келиша олмаяпти  1 20:24"Барселона" ҳужумчиси сафдан чиқди  0 19:59"Навбаҳор" Азимжон Аҳмедов билан янги шартнома имзолади!  6 19:36"Ювентус" Дисасини ижарага олмоқчи  1 19:15"Пахтакор" Муҳаммадқодир Ҳамралиев билан янги шартнома имзолади!  1 18:50Боливияда жамоа керакли натижани сақлаб қолиш учун, ўйин тугамай, майдондан чиқиб кетди  2 18:12"Сурхон" етти нафар футболчи билан янги шартнома имзолади  0 17:43Ферран Торрес "Барса"нинг омадсизликлари ҳақида: "Барчасини вақт кўрсатади"  9 17:17Ильгиз Танташев яшил майдонга қайтди  1 17:06Ўзбекистон U-16 термаси Тошкент вилояти футбол академияси жамоасига қарши ўйин ўтказди   3

Baxtiyor Ashurmatov: “Hozircha hech bir futbolchi jamoadan ketish haqida aytmadi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Hozircha hech bir futbolchi jamoadan ketish haqida aytmadi”

“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov saytimizga bergan intervyularining birida, birinchi davra nihoyasiga etgach, klub rahbariyati bilan moddiy jihatlarni gaplashib olishini va shundagina keyingi taqdiri qanday kechishini aytgandi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda O'FF prezidenti tashabbusi bilan “Navbahor”ga yangi homiy biriktirildi.

Xo'sh, endi Ashurmatov qanday fikrda? Bu borada murabbiyning fikrlarini bilish maqsadida bog'lanib, boshqa savollarga ham javob oldik.

- Baxtiyor aka, yodingizda bo'lsa o'z chiqishlaringiz birida “Navbahor” rahbariyati bilan moddiy jihatlarni gaplashib olishingizni va ikkinchi davrada shunga qarab ish tutishingizni bildirgandingiz. Aytingchi endi qanday fikrga keldingiz?

- Mavsum boshida klubni qabul qilib olayotgan chog'imda hara qanday qiyinchilikni imkon qadar engib o'tib, muxlislarni xursand qilish uchun astoydil ishlashni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygandim. Moliyaviy muammolar bugungi kunda har bir jamoada bor. To'g'ri, shunday degandim. Lekin bu “Navbahor”ni yarim yo'lda tashlab ketaman degani emas. O'FF prezidentining tashabbuslari bilan yangi homiy biriktirildi. Fursatdan foydalanib Mirabror Usmonovga jamoamiz azolari nomidan minnatdorchilik bildirib o'taman. Qolaversa Mirabror Zufarovichning bugun 67 yoshga to'lganligi bilan ham u kishini muborakbod etaman. Jamoadagi keyingi taqdirimga keladigan bo'lsak, mavsum oxiriga qadar o'z ishimni davom ettirishga qaror qildim. Bu erda eng avvalo muxlislar uchun ishlayotganimizni ham aytib o'tmoqchiman. Ikkinchi davrada ularni yanada xursand etish uchun astoydil ishlaymiz.

- “Navbahor” yangi xomiyga ega bo'lganidan keyin bu jamoa azolariga ham ruhiy jihatdan ijobiy tasir o'tkazgan bo'lsa kerak?

- Albatta bu bizni xursand qilmasdan qolmadi. Bugun futbolchilarni yig'amiz. Ular bilan suhbatlashamiz. Menimcha yigitlarga ham bu ijobiy manoda tasir o'tkazgan bo'lishi kerak.

- Jamoangiz endi yirik transferlarni amalga oshira oladimi?


- Yo'q, yangi homiy biriktirilgan bo'lsa-da, bu moddiy jihatdan baquvvat bo'ldi degani emas. Rahbariyat oldiga shunday vazifa qo'yilganki, birinchi galda futbolchilar oldidagi qarzdorilkni bartaraf etish. Avvalo shu muammolar bartaraf etilsa, qolgani ham bo'ladi.

- 4 iyuldan yig'inni boshlayotgan “Navbahor”ning yozgi davralar oralig'idagi rejasi qanday?


- Bugundan futbolchilarni CHirchiqda yig'amiz. Tayyorgarlikning birinchi bosqichi 17 iyulga qadar shu erda o'tkaziladi. Unda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. Keyin mashg'ulotlar Toshkentda ko'chadi. Darvoqe birinchi yig'inimiz davomida ikkita sinov-nazorat bahsini o'tkazishni rejalashtirganmiz. Yani 12 iyul kuni “Mashal” va 14 iyul kuni “Qizilqum” bilan kuch sinashamiz. O'yinlar qaerda o'tishi hozircha aniq emas. Bu masala keyinroq aniq bo'ladi. Poytaxtdagi yig'in chog'ida ham bir qator sinov-nazorat o'yinlarini o'tkazamiz. Sparring raqiblar “Dinamo”, “SHo'rtan” va yana bir nechta jamoalardir. SHu tariqa ikkinchi  davra o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.

- Ayni paytda futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi muxlislarning diqqat markazida turibdi. “Navbahor”ni kimlar tark etishiyu, unga kimlar kelishi borasila bizga sizdan boshqa hech kim aniq malumot bera olmaydi...


- Hozircha sizga shuni ayta olamanki, birinchi davrada asosan zaxirada o'tirgan Durbek Umaraliev bilan Sohib Abdullaev jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan. Ularni ham to'g'ri tushunish kerak. CHunki bu yigitlarga o'yin amaliyoti zarur. SHuningdek himoyachi Timur Yafarov ham ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishi kutilmoqda. O'rinbosarlarimiz tarkibidagi Akbarsho Rashidxonov esa ayni damda “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Hozircha shular. Yana bugun yig'ilish o'tkazib, boshqa futbolchilar bilan ham alohida suhbatlashaman. Agarda kimdir jamoadan ketishni istasa, qarshilik ko'rsatmaymiz. Lekin hozircha hech bir futbolchi bu haqda menga aytmadi.

- “Neftchi”ning sobiq futbolchilari Saidov, Po'latov hamda Yoqubovni yana farg'onaliklar tarkibiga qaytishi borasida gap so'zlar urchiy boshladi. Bu narsa sizni havotirga solmayaptimi?

- Yo'q. Bu yigitlar bilan birinchi davrada yaxshi ishladik deb o'ylayman. Ular oliyjanob insonlardir. Bizga yordami katta bo'ldi. Agarda bu futbolchilarning o'zlarida “Neftchi”ga qaytish ishtiyoqi bo'lsa, muzokara o'tkazishga qarshilik qilmayman. Men sizga shuni aytishim mumkinki, Mansur Saidovning jamoamizda qolishi 100 foiz aniq. SHukurali Po'latovni esa “Bunyodkor” o'z safiga qaytarmoqchi. Baxtiyor Yoqubov borasida uning o'zi bilan gaplashib ko'rganimdan keyin tayinli gap aytishim mumkin. Hech bir futbolchini majburlab olib qolmoqchi emasmiz. CHunki avval ham aytganman, menga jamoa uchun borini berib, sidqidildan o'ynaydigan futbolchilar kerak. Joiz bo'lsa qiyin vaziyatlarda murabbiyga yordam beradigan o'yinchilar zarur. SHundagina ko'zlagan maqsadga erishish mumkin.

- Davralar oralig'ida qaysi poziciyalarni kuchaytirishni rejalashtirgansiz?


- Agarda imkoni bo'lsa har bir chiziqqa yangi o'yinchilar jalb etgan bo'lardim. Hozir shunday vaziyatki, o'zimiz istagan futbolchini amalda shartnomasi bor. Uni qo'lga kiritish uchun esa jamoasiga transfer pulini va katta miqdorda ko'tarma puli berishingizga to'g'ri keladi. Hech bir klub ko'rigidan o'ta olmagan futbolchi esa bizning ham talabimizga javob bermaydi. SHu bois imkoniyatdan kelib chiqib, ortig'i bilan 4 nafar o'yinchini o'z safimizga qo'shib olishni o'ylayapmiz.

- “Navbahor”ga Belorussiyadan hujumchi kelayotgani qanchalik haqiqat?

- Ha, bu to'g'ri. Yuriy Rijko o'zi bilan birga Belorussiyadan hujumchi olib keladi. Albatta uni oldin ko'rikdan o'tkazamiz. Talabga javob bersagina olib qolamiz. Tasavvurga ega bo'lmagan o'yinchini ro'yxatga kirita olmaymiz, axir!

- Darvozabonlar borasida fikringiz qanday? Ular birinchi davrad ishonchingizni qay darajada oqladi?

- Mavsum boshida oldimizga 5-6-o'rinlarni qo'lga kiritish maqsad qilib qo'yilgandi. Lekin unday bo'lmadi. Albatta bunda nafaqat darvozabonlar balki boshqa o'yinchilar va murabbiylar shtabining ham aybi bor. Kimnidir xatosi bilan deya olmayman. OAVda klubimizga yangi darvozabon kelayotgani haqida o'qidim. Lekin aniq bir futbolchiga taklif bilan chiqmadik. Ko'ramiz, agarda ko'nglimizdagidek posbonni topa olsak, u haqiqatdan ham hozirgi golkiperlardan bir bosh ustun bo'lsa, hech ikkilanmay tarkibimizga qo'shib olamiz. Ammo yana bir narsani ham to'g'ri tushunish lozim. Yani bugungi kunda darvozabonlar muammosi birgina “Navbahor”da emas. Balki butun o'zbek futbolida dolzarb muammo bo'lib turibdi. Xususan 1991 yil undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoaga birgina munosib nomzod Eldor Suyunov bor. Unga jiddiy raqobat qila oladigan posbonni ko'rmayapman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика