So’nggi yangiliklar

13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   0 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  3 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Hozir kimnidir ayblab, kimdir-kimdandir xafa bo'lib yursa, oxiri yaxshilikka olib kelmaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Hozir kimnidir ayblab, kimdir-kimdandir xafa bo'lib yursa, oxiri yaxshilikka olib kelmaydi"

Pro-liganing 24-turidan "Buxoro" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Haqiqatdan ham bugungi o'yin har ikki jamoa uchun muhim edi. Uchrashuv oldidan ham aytib o'tgandim, bugun g'alaba qozongan jamoa Superliga uchun muhim qadamni tashlagan bo'lardi. 

Mag'lubiyatga sabab sifatida o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimizni ko'rsatishim mumkin. "Buxoro" o'z vaziyatidan foydalandi va kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdi.  Ro'zimboy Ahmedov joriy mavsum juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Uning to'g'ri joy tanlashi, golni his qila olishi bugungi o'yin taqdirini hal qildi.

- "Turon"ning mag'lubiyatiga sabab nima bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Aytib o'tdim, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bir vaziyatda qaytarish juda qiyin bo'lgan zarbani "Buxoro" posboni Nikola Stoshich olib chiqdi. Yana bir vaziyatda darvozaga kirib ketayotgan to'p o'z futbolchimizga tegib qoldi. Endi "Buxoro" ikkinchi o'rinni boy berishi qiyin. Lekin biz oxirigacha kurashamiz. Yigitlarda hozir tushkun kayfiyat. Biroq kimnidir ayblab, kimdir-kimdandir xafa bo'lib yursa, oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

- O'yin davomida hakamlarga etiroz bildirgan vaziyatlaringiz bo'ldi. Umuman, bugungi uchrashuvdagi hakamlik haqidagi fikringiz qanday?

- O'yin davomida emociya bilan vaziyatlarga etiroz qilish tabiiy xol. Men o'yindan keyin hakamlar yoniga borib minnatdorchilik bildirdim. Fikrimcha, bizda yoki muxlislarda hakamlikka nisbatan jiddiy etiroz bo'lmadi. So'ngi uchrashuvlardagi eng yaxshi hakamlik sifatida baholash mumkin.

- "Turon"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Men jamoani qabul qilib olganimda oldinda 6 ta o'yin bor edi. Qiyinchilikni bo'ynimga olib klub taklifiga rozi bo'lganman. Hozir selekciyada men qatnashmaganman deb bahona topish noo'rin. Murabbiylar shtabi tarkib tanlashda adashgan bo'lsa, zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishi kerak. 30 daqiqami, 10 daqiqami, maydonga tushgan futbolchi o'zining kuchli ekanini isbotlashi uchun harakat qilishi lozim. Bugungi o'yinda vaziyatlar kam bo'lgan bo'lsa ham, jangovorlik yuqori edi. SHu sababdan ham uchrashuv muxlislarga yoqqan bo'lsa kerak.

O'yindan oldin asosiy tarkib futbolchimiz Jasur O'rinov jarohat oldi. Bizda tanlov imkoniyati ko'p emas. Oldingi murabbiylar ham yomon ishlashmagan. Biroq so'ngi o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar sabab jamoa tushkun kayfiyatda edi. Biz jamoaga kelgandan so'ng ruhiyatni, kurashuvchanlikni shakllantira oldik. O'tish o'yinida maydonga chiqish ehtimoli ham bor. Aytib o'tganimdek, biz oxirigacha kurashamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика