Baxtiyor Ashurmatov: "Hakamlik rivojlanyapti, deb o'zimizni aldab yuribmiz"
28 may 2022 23:00
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Hakamlik rivojlanyapti, deb o'zimizni aldab yuribmiz"
O'yin haqida
- Bugungi o'yinga tanlagan taktika va tarkibimiz o'zini oqlamadi. Bu holatda to'liq aybni murabbiylar shtabi va men zimmamga olaman. Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynamagandik. Uyda o'ynayotganimiz uchun hujumkor uslubni tanlagandik. Lekin bu samara bermadi. "Qizilqum" vaziyatlar yaratishda, to'pni nazoratida kuchliroq ko'rindi. Ularni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa 0:2dan keyin tezroq harakat qilishni boshladik. Jamoamizni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlagan muxlislarimiz ishonchini oqlay olmayapmiz. Bugungi o'yin murabbiylik ishi shunchalik qiyin ekanligini ko'rsatib berdi. Yaqindagina olqishlab turgan ishqibozlar bugun norozi. Bunga o'zimiz aybdormiz. SHu holatda meni ketishim jamoa uchun foyda bo'lganida shunday qarorga kelardim. Qiziqqonlik bilan qaror qabul qilish kerak emas. Qiyin vaziyatni to'g'rilashimiz kerak. Tezroq birinchi davrani yakunlab olsak selekciya jarayonlarini faol olib boramiz. CHunki ayrim chiziqlarda deyarli raqobat yo'q. Ayrim sabablarga ko'ra mavjud tarkib bilan mavsumni boshladik. Ivan Yosovich oxirigacha kurashmoqda. Quvondiq Ro'ziev jon jahdi bilan intilyapti. Tanaffus bizga kerak edi. Agar oxirgi ikki o'yinda o'zgarish qila olmasak, rahbariyat bilan qanday ish tutsak foyda bo'lishi borasida gaplashib olamiz. Yana bir bor muxlislardan uyatli o'yinimiz uchun uzr so'rayman.
- Agar boshidan shunday harakat qilinganda balki jamoa yirik hisobda yutqazmagan bo'lardi. Bugungi hakam Superligaga tayyor emas. Maydonda nima qilishini bilmayapti. Necha marotaba "Qizilqum" darvozasi tomon jarima zarbasi, penalti berishi kerak edi. Bunday hakamlarni ikkinchi ligaga ham qo'yish kerak emas...
- Mag'lubiyatga uchragandan keyin hakamni ayblash noto'g'ri bo'ladi. Noto'g'ri tanlangan taktika va tarkib mag'lubiyatga olib keldi. Lekin so'nggi vaqtlarda hakamlik rivojlanyapti, deb o'zimizni o'zimiz aldab yuribmiz. Aytaylik, qaysidir mutaxassis hakamlardan ayb izlash o'rniga bahona qilyapti. Qandaydir jarimalar qo'llanilyapti. Bunga xorijlik murabbiylar ham etiroz bildirmoqda. Biz esa tinchgina yuraylik, o'zimizga dushman orttirmaylik, deyapmiz. Bu esa O'zbekiston futbolini muammosini ko'paytiryapti. Bugun hakamni gapirsam uyat bo'lsa kerak. Butun o'yin davomida sharmandalarcha yutqazdik. Futbolchilar emas, men aybdorman. Ammo o'zimizni o'zimiz aldashni yig'ishtirishimiz kerak. "Surxon" bilan 70 metr uzoqlikdan ko'rib penaltini bekor qilyapti. Bugun esa yaqinidagi vaziyatni ko'rmadi. Takrorlayman, mag'lubiyatga aybni o'zimizdan qidirishimiz lozim. Birinchi marotaba istefoni talab qilib baqirishdi. Ularni to'g'ri tushunaman. Jamoada vaziyat qanday, selekciya, nechta futbolchi tark etdi yoki tayyorgarlik ko'rish uchun holat qanday edi, murabbiylarning bittasida tarkib qilish uchun mablag' bor, boshqasida yo'q. Ushbu omillarga hech kim etibor bermaydi. Murabbiylik kasbi shunday. Natija ko'rsatishing, muxlislar ishonchini qozonishing kerak. Ular oilalari rizqini qirqib futbolga bilet oladi. Yo'l bosib keladi. 0:2dan keyingi jangovar o'yinimizni ilk daqiqalardan ko'rsatganimizda muxlislar bunchalik norozi bo'lishmasdi. Alam qilayotgani shuki, jamoamizda jangovarlikning yo'qolgani. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilamiz. Qo'qonlikman, bunday holatda tashlab ketish noto'g'ri bo'ladi. Vaziyatni iziga tushirib, jamoani maqul o'ringa olib chiqsak ketish haqida o'ylasa bo'ladi.
- Yosh hujumchi Murodjon Komilov haqida...
- Uni sekin asta tarkibga jalb qilamiz, degan edik. Qiyin o'yinlar bo'lyapti. Biroq ayni payt zaxiradan bo'lsa ham tushirmoqdamiz. Bundan hech narsa yo'qotmaymiz. Hujumda ishlarimiz yurishmayapti. Statistikaga qarasak, so'nggi o'yinlarda darvoza tomon 1 marotaba aniq zarba berganimizni ko'ramiz. Ularning mehnatini qadrlayman. Ammo hujumchi darvozaga yaqinroq o'ynashi, vaziyatdan foydalanishi kerak. Keyingi o'yinlarda Murodjon Komilov kabi yoshlarni tushirish vaqti keldi.
Fikrlar