So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  1 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  2 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Hakamlarga etiroz bildirganim yo'q" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Hakamlarga etiroz bildirganim yo'q"

"Paxtakor" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "burgutlar" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
"Birinchi o'yin bo'lgani tufayli his hayajon tufayli o'z o'yinlarini ko'rsata olishmadi. Ikkinchi bo'limda o'zlariga kelishdi va gol urishdi. Ammo "Paxtakor" ikkinchi gol urishimizga imkon berishmadi", - deydi "burgutlar" murabbiyi.

"Paxtakor"ga qarshi o'ynasa bo'lishini aytgandim. Raqib to'p bilan erkin harakat qildi. O'yindan o'yinga kuchayib boraveramiz. Hakamlarga etiroz bildirmadim, ularga o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Yovanovich yiqilgan vaziyatga oydinlik kiritdim xolos".

"Mirzakamol Kamolov jamoani tark etdi. Bobur Akbarov o'tgan mavsum oxirida qizil kartochka olgandi. Rustam Azamov yoshlar ligasida qizil kartochka oldi. SHu bois ular maydonga tushishmadi. Qolgan barcha futbolchilar o'yinga tayyor edi".

"Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Ular bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Bugungi bahs uchun katta etirozim yo'q. G'ulom O'runov asosiy tarkib o'yinchisi. Bugun mehmonda o'ynaganimiz uchun ikki nafar himoyaga ixtisoslashgan yarim himoyachini tushrdik. Hisobda ortda bora boshlagach G'ulomni maydonga tushirdim".

"Navbahor"da ham ahil shakllangan jamoa tuzishga erishgandik. Biroq jamoa yangitdan tuzildi. Rahbariyat shunday qarorga kelishdi. Ko'p jamoa almashtirishga jamoalarda uzoq yillik dasturi yo'qligida deya olaman. Andijon futboliga qo'limdan kelganicha yordam beraman. Muxlislar talabchan va biz natijalarimizni yaxshilashimiz kerak".

"Maqsadimiz jamoani autsayderlar qatoridan olib chiqib ketish va imkon qadar yuqori o'rinlarni band etish. CHiroyli o'yin ko'rsatib muxlislar bizni olqishlar bilan kuzatib qo'yishsa shu bizga katta yutuq bo'lardi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman" - deydi Baxtiyor Ashurmatov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика