So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Baxtiyor Ashurmatov: Guliston manfaatini o'ylab u erdan ketdim Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Guliston manfaatini o'ylab u erdan ketdim

Guliston ushbu turda ham yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. O'tgan safar o'z uyida Neftchiga 0:3 hisobida yutqazgandi. Ushbu turda ham G'uzorda SHo'rtanga ana shunday hisob bilan engildi.
Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov mazkur bahsdan keyin ishdan bo'shashini aytgan. U qiyin sharoitda qolgan Gulistonni tashlab ketmoqchi emasdi. Biroq yirik hisobdagi mag'lubiyatlar fikrini o'zgartirishga majbur qildi.    

-   Guliston SHo'rtan bilan uchrashuvda yana 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Avvalo, mag'lubiyat sabablari nimada bo'lganligi xususida to'xtalib o'tsangiz?
-   SHo'rtanga qarshi o'yin jamoamiz uchun eng muvaffaqiyatsiz va sifatsiz uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. SHu sababli o'yindan keyin ishdan ketishimni aytdim. Rostini aytsam, ushbu mag'lubiyatdan keyin murabbiy bo'lganimga ham pushaymon bo'ldim. Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, futbolchilar ruhiy tushkunlikka tushib qolishgan. Ayniqsa, o'z maydonimizda Paxtakorni 2:0 hisobida yutayotib 2:3 natijasi bilan mag'lubiyatga uchraganimiz qattiq tasir ko'rsatdi. SHundan so'ng jamoam o'z o'yinini topib olishi qiyin bo'ldi. SHo'rtan bilan o'yin esa biz uchun eng kerakli uchrashuvlardan biri edi, buni yigitlarga ham tushuntirgandim. Yirik hisobdagi mag'lubiyatimizni hech qanday mablag'ga taqamagan bo'lardim. Negaki, g'uzorliklarga qarshi uchrashuvdan avval o'yinchilarga mukofot puli ham aytilgandi. SHu sababli yutqazganimiz mablag' bilan bog'liq emas. Klubdan ketishimning asosiy sababi ham SHo'rtanga yutqazib qo'yganimiz bo'ldi. Guliston jamoasini kurashuvchan, xarakatchan, yutqazgan o'yinlarda ham oxirigacha kurashadigan jamoa sifatida tuzishga harakat qilgandim. Afsuski, G'uzordagi o'yinda bunday jamoani ko'rmadim. Yuqorida aytganimdek, yigitlar ruhiy tushkunlikda edilar. Balki SHo'rtan bilan bellashuvga futbolchilarni ruhan tayyorlay olmadim deb hisobladim va shuning uchun ishdan bo'shashga qaror qildim.

-   Istefoingiz rasman tasdiqlandimi?
-   Ochig'i, rasman tasdiqlangani yo'q. Men Guliston jamoasini va futbolchilarini yuragimdan yaxshi ko'raman. Ular bilan oxirigacha kurashishga tayyor edim. Birinchi davradan keyin o'ynovchi rahbar, jamoa jonkuyari – Alisher Ergashev ketganidan keyin ikkinchi davrada bizga bundanda og'ir bo'lishini bilgandim. Lekin klubga mehrim tushganligi uchun oxirigacha kurashishga qaror qilgandim. Vaholanki, birinchi davradan keyin menga ham turli jamoalardan takliflar bo'ldi va ketish imkoniyatim bor edi. Biroq hammasini ko'rib bilib turib, o'zim uchun qiyin vaziyatni tanlagandim. Gulistonni oliy ligada saqlab qolish uchun yigitlar bilan mavsum so'ngigacha kurashishga qaror qilgandim. Afsuski, oxirgi paytlarda jamoani ruhiy tushkunlikdan olib chiqib keta olmadim. Ishdan bo'shaganim esa Gulistonning foydasiga xizmat qilishi mumkin degan fikrga keldim. SHuningdek, jamoamizda jarohat olgan o'yinlar ham ko'payib ketdi. Markaziy himoyachi Jasur Otajonovning oyog'i sindi va operaciya qildirdi. Undan oldin Konstantin Boev ham jarohat olib safdan chiqqandi. Kechagi bahsda esa asosiy himoyachimiz Akbar Sattaevning ham oyog'iga gips qo'yildi. SHundoq ham zaxira o'rindig'imiz qisqa bo'lgan jamoa uchun bu juda katta yo'qotish. Odatda bosh murabbiy istefoga chiqsa, uning o'rniga kelgan murabbiy birinchi o'yinida g'alaba qozonadi. Balki men ketsam bu jamoamga foyda bo'lar degan fikrga keldim. Keyingi turda Navbahor bilan bo'ladigan o'yin Guliston uchun oxirgi imkoniyat bo'lib qoladi. SHu maqsadda ketishga ahd qildim. Yana qaytaraman, istefoimga mablag' sabab yoki rahbarlar beetibor bo'ldi deb ketayotganim yo'q. Hammasi imkon darajasida harakat qilishyapti. Ammo oxirgi uchrashuvlardagi mag'lubiyatlar menga qattiq tasir qildi. Navbahorga qarshi bahs oxirgi imkoniyat ekanligi uchun ham mening ketishim ushbu uchrashuvda jamoamga yordam berar degan umid bilan shu qarorga keldim.

-   Guliston birinchi davrani kutilganidanda yaxshiroq o'tkazdi. Lekin ikkinchi davraga jamoa ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra olmadi. O'sha paytda klubdan ketishingiz ham mumkin edi. Lekin oxirigacha qolishga qaror qilgandingiz. Balki o'shandayoq klubni tark etishingiz hozirgisiga qaraganda yaxshiroq bo'lmasmidi?
-   To'g'ri, o'sha paytda ketganimda obro'imni saqlab qolgan bo'lardim. Qolaversa, menga takliflar ham bo'lgan. Lekin aytganimdek, jamoani og'ir vaziyatda qoldirgim kelmadi. Buning ustiga safimizda mehnatkash, oliy ligada o'ynashga munosib futbolchilar yig'ilgandi. SHuning uchun mavsum oxirigacha qolishga qaror qilganman. Guliston oliy ligada qolgan taqdirda ham chempionat tugagach ketishim aniq edi. Biroq oxirigacha ishlashim qiyinlashib qoldi. Hozircha bu haqida rahbariyat bilan gaplashmadim. SHuni alohida aytmoqchimanki, ishdan ketishim haqidagi xabarni o'qigan muxlislar men haqimda noto'g'ri hayolga borishlarini istamayman. Klubdan moliyaviy muammolar borligi sababli ketayotganim yo'q. SHuningdek, kimgadir aybni ag'darmoqchi ham emasman. Jamoamiz oliy ligadan tushib ketgan taqdirda asosiy abni o'z bo'ynimga olaman. SHunchaki og'ir vaziyatda jamoani tashlab ketmoqchi emasdim. Biroq SHo'rtan bilan uchrashuvdan so'ng qarorimni o'zgartirishimga to'g'ri keldi. Gulistonda murabbiy sifatida ko'p narsa o'rgandim. O'z xarakterimni yaxshi bilaman, doim kurashuvchan insonman. Bundan keyin ham tushkunlikka tushmasdan o'z ustimda ishlashda davom etaman. To'g'ri, Guliston oliy ligani tark etsa bu menga og'ir zarba bo'ladi. Biroq shunga qaramasdan izlanaman va o'z oldimga qo'ygan maqsadlarimga erishaman.  

-   Nima deb o'ylaysiz, balki rahbariyat sizni oxirigacha ishlashga ko'ndirmoqchidir. Agar shunday bo'lsa, nima qilmoqchisiz?
-   Kecha yigitlarga vaziyatni tushuntirdim. Ularga birga ishlagan paytlarimiz uchun minnatdorlik bildirdim. O'yindan keyin echinish xonasida gaplashdik va tashqariga chiqib ketganimdan keyin futbolchilar 5 daqiqa o'tmasdan meni yana chaqirishib, nima bo'lsa ham oxirigacha birga ishlaylik, klubdan ketmang deb o'z fikrlarini bildirishdi va bu meni xursand qildi. Lekin jamoada qolishim bu balki zararga xizmat qilishi mumkin. Rostdan ham yigitlar bilan oxirigacha kurashganimiz to'g'ri bo'lar. To'g'risi, menga o'ylab olishim uchun 2-3 kun vaqt kerak, shundan keyin aniq bir qarorga kelaman. Murabbiy sifatida birinchi ligaga tushib ketishdan aslo qo'rqmayman. Bu erda ishlayotganimda hamma narsaga tayyor edim. Muvaffaqiyatsizlikda mablag' yoki sharoit yo'q deb sabab qilib ko'rsatishga haqqimiz yo'q. SHo'rtanga qarshi Toshkentda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Qarshida yaxshi mehmonxonaga joylashgandik. Lekin SHo'rtanga baribir yutqazdik va bu men uchun og'ir zarba bo'ldi.

-   Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin Gulistonning ahvoli og'ir. SHo'rtan ham deyarli yaqinlashib oldi. Bundan keyin klubdan ishlash yoki ishlamasligingizdan qatiy nazar klubning oliy ligada jon saqlab qolish imkoniyati haqida nima deya olasiz?
-   Albatta, Gulistonning imkoniyati pasayib ketdi. SHo'rtan bilan o'yinga ko'p to'xtalayotganim bejiz emas. CHunki shu kuni jamoamning o'yinini taniy olmadim. Bunda mening ham aybim bor. SHo'rtan turnir jadvalida bizdan orqada bo'lishiga qaramasdan, ular katta ustunlikka erishdi. Bu esa meni qattiq xavotirga soldi. Buning ustiga mag'lubiyatlarimiz ham ko'payib ketdi. To'g'ri, Paxtakor, Nasaf, Lokomotiv kabi klublarga yutqazganimizni ularni kuchliroq edi deya o'zimizni nisbatan ovutgandik. Ammo Neftchi hamda SHo'rtanga mag'lubiyatga uchrashimiz imkoniyatimiz paysatirib yubordi. Baribir Guliston hali oliy ligada, tushib ketmadi va imkoniyat yo'qolgani yo'q. Hozirgi paytda yangi murabbiy topish qiyin. Agar rahbarlar bor etiborini yana jamoaga qaratishsa va Zohid aka Nurmatov ishni davom ettirsa vaziyadan chiqib ketishlari mumkin. Har xolda Guliston o'z maydonida Navbahor, Dinamo va Qizilqumni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvlarda maksimal natijalarga erishsa oliy ligada qolishi mumkin.

-   Yosh murabbiy bo'lsangiz-da, o'zingiz uchun qiyin yo'lni tanlab Gulistonda ishlashga qaror qildingiz. Siz uchun mana shunday og'ir kechishi aslida oldindan malum edi. SHunday ekan, qachondir bu erda ishlaganingizdan afsuslanmadingizmi?
-   Yo'q, afsuslanmadim. Nimaga deganda, men ajoyib jamoa bilan ishlashga muvaffaq bo'ldim. Ayniqsa, birinchi davrada muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etdik. Hozirgacha futbolchilarga ishonaman. CHunki bizda o'yinlar o'rtasida guruhbozliklar yo'q edi. Ovqatimizga non bilan choy bo'lsa ham hammamiz birga baham ko'rardik. SHu sababli afsuslanmayman. SHo'rtan bilan uchrashuvdan oldin yigitlarga bir narsani misol qilib keltirgandim. Jahon chempionati saralash bahsida Qatarda 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchragandik. O'shanda hisob 1:0 bo'lib turgan paytida maydondan chiqib ketish imkoniyatim bor edi. CHunki oyog'im operaciya bo'lgandi va og'riq bilan o'ynayotgandim. Ammo jamoam uchun oxirigacha o'ynashga qaror qilgandim. Sog'ligim tayyor bo'lmasa-da, jamoam manfaati uchun o'ynagandim. Lekin faoliyatimdagi eng omadsiz o'yinlardan biri bo'lgandi. Uchrashuvdan keyin ko'proq ayb himoyachilarga, ayniqsa menga tushgandi. Futbolchilarga shuni misol qilib murabbiy sifatida xuddi shunday vaziyatga tushib qolganimni aytdim. Birinchi davradan keyin klubdan ketishim mumkin edi.  Lekin xarakterim shundayki, oson yo'ldan ko'ra qiyin yo'lni tanlash va shunday ham qildim. Aslida yigitlarga o'sha gaplarni aytgandim. Agar oson yo'lni tanlaganimda Lokomotivda yordamchi murabbiy bo'lib ham yuraverardim. Baribir Gulistonda ishlaganimga achinmayman. Murabbiy sifatida 3-4 yilda o'rganishim mumkin bo'lgan narsalarni bu erda bir yilda o'rgandim. SHu bois rahbarlarga, futbolchilarga qilgan yordamlari uchun minnatdorlik bildiraman. SHuningdek, SHo'rtan bilan o'yindan avval futbolchilarga agar yaxshi natijaga erishsak, rahbariyatning oldiga muammolarni bartaraf etish uchun kiraman degandim. Biroq mag'lubiyatdan keyin ularning oldiga kirishga to'g'risi uyalaman. Afsuski, aytib o'tganimdek, bu o'yinda jamoamni tanib bo'lmadi. Baribir jamoa hammaga, muxlislarga, futbolchilarga, rahbalarga, viloyat hokimyatiga kerak. Jamoani oliy ligada olib qolish uchun men bilan birgalikda murabbiy Zohid Nurmatov, jamoa boshlig'i Aleksandr Lushin, klub direktori Hasanboy Ergashevlar klubni oliy ligada qolishi uchun jiddiy harakat qildik. Men ketadigan bo'lsam ular jamoani saqlab qolish uchun oxirigacha harakat qilishadi.

-   Sizga boshqa klublardan, aytaylik Navbahordan taklif tushsa bunga qanday qaraysiz?
-   Hozircha menga boshqa klublardan chorlov bor. Lekin xozir qiyin vaziyatda Gulistonni tashlab boshka klubga o'tsam muxlislar buni noto'g'ri tushunishlari mumkin. Navbahorga kelsak, bu jamoa o'zining ashaddiy muxlislariga ega. O'ylashimcha, bunday jonkuyar muxlislarga ega bo'lgan klub hamisha yuqori o'rinlarda bo'lishga munosib. Hozir jamoaning O'zbekistonda o'z o'rniga ega faqat oxirgi mavsumlarda biroz mavqeini yo'qotib qo'ydi. Murabbiylik shunaqa kasbki, oldindan qaerda ishlashni aytib bo'lmaydi va agar aniq jiddiy taklif bo'lsa o'ylab ko'rgan bo'lardim.

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика