So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Finalda imkoniyatlar 90-10 "Paxtakor" foydasiga" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Finalda imkoniyatlar 90-10 "Paxtakor" foydasiga"

AGMKning tarixining boshlanishi 2018 yilgi O'zbekiston kubogi bilan bog'liqdir.

O'sha yili Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi AGMK jamoasi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogida g'olib chiqqandi. Ushbu muvaffaqiyat qanday qo'lga kiritilgandi? Ertaga kimning imkoniyatlari yuqori? Biz bu borada mutaxassis fikriga quloq tutdik va AGMK bilan o'z vaqtida kubok finalida "Paxtakor"dan ustun kelgan Baxtiyor Ashurmatovga yuzlandik.

"Ertangi o'yinda katta ehtimol bilan "Paxtakor" g'alaba qozonadi. CHunki, hozirgi paytda "Paxtakor" O'zbekistonda boshqa jamoalardan har tomonlama kuchli. AGMK agar g'alaba qozonsa haqiqiy mo'jiza bo'ladi. Foiz xisobida 90-10 "Paxtakor" foydasiga. Natija qanaqa bo'lishidan qatiy nazar ikkala jamoa ishtirokida ham chiroyli futbol kutib qolamiz. 

2018 yil AGMKning g'alabasiga hech kim ishonmagan edi. "Paxtakor" esa g'alaba qozonamiz deb katta ishonch bilan kelgan. Ko'pchilikning bizga ishonmagani bizga qo'l kelgan edi deyishim mumkin. O'yinga chiqishdan oldin ruhlantirishda futbolchilarga: bizga xech kim ishonmayapti, o'yindan oldin bizni mag'lub bo'lgan jamoaga chiqarib qo'yishdi, finalda esa biz jamoa sifatida nimaga qodir ekanligimizni isbotlash uchun ajoyib imkoniyat deganman. Yigitlarga o'z g'ururimiz, jamoa shani uchun kurashishlarini iltimos qilgan edim. Bu o'yinda g'alaba qozonishimizga sabab kuchli ruhiy tayyorgarlik, maydonda tinimsiz mehnat, yakkakurashlarda g'olib chiqish va futbolchilar bilan bir birimizga bo'lgan ishonch, jamoadagi ahillik, o'yindagi intizom sabab bo'lgan",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика