So’nggi yangiliklar

07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  0 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  3 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  1 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  8 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  12 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Buxoro" va "Surxon"ni o'z maydonida mag'lub eta olmaydigan murabbiydan norozi bo'lishlari aniq" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Buxoro" va "Surxon"ni o'z maydonida mag'lub eta olmaydigan murabbiydan norozi bo'lishlari aniq"

Coca Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan "Turon" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.


- Baxtiyor aka, o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Gapning ochig'i, birinchi taymda o'yinni nazorat qildik. Afsuski, ikkinchi bo'limda ustunlikni "Surxon"ga berib qo'ydik. Bo'sh qolgan zonalar yopish, o'yin tizginini o'zgartirish uchun yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Lekin "Surxon" xujumchisi Nimelining individual mahorati sabab raqib penalti ishladi va uni muvvafaqiyatli amalga oshirdi. O'yinga tuzgan rejalarimiz o'xshamadi, ikkinchi bo'limda, ayniqsa.

- Ikkinchi bo'limda tashabbus raqibga  berib qo'yildi. Tanaffusda 1:0 hisobini saqlab qolishga ko'rsatma bergan edingizmi?

- Yo'q, ko'rsatma bermagan edim. 1:0 hisobi har doim qaltis hisoblanadi. SHu sababli, biz ikkinchi golni urishga intilayotgan edik, buning uchun esa pressing qilishimiz kerak edi. Biz ikkinchi taymning 20-daqiqalariga qadar vazifani bajara oldik. O'yin so'ngida esa hisobni saqlab qola olmadik. Bu biz uchun yomon natija, chunki barcha jamoalar o'ziga kela boshladi. SHunday vaziyatlarda murabbiy kasbining qiyinchiliklarini his qildim. Kecha bizni ko'kka ko'tarayotgan insonlar bugun bizni tanqid qilishmoqda, lekin ashaddiy muhlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Biz keyingi o'yinlarni "Bunyodkor" va "Olimpik"ga qarshi o'tkazamiz. Bu uchrashuvlar biz uchun juda muhim. Men tanqidni to'g'ri qabul qilaman. Biz yaxshi tarkib yig'dik  lekin yaxshi natijaga erisha olmayapmiz. "Buxoro" va "Surxon"ni o'z maydonida mag'lub eta olmaydigan murabbiydan norozi bo'lishlari aniq. Yigitlar borini berib o'ynashmoqda. "Nasaf" va "Surxon"ga qarshi bahslarda faqatgina "Buxoro"ga qarshi uchrashuvda o'yinimiz yaxshi chiqmadi. Muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashi bilan natijalarni yaxshilaymiz. "Autsayder" maqomi bizning tarkibga to'g'ri kelmaydi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика