So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yinga qo'rqoq taktika tanladik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yinga qo'rqoq taktika tanladik"

Coca-Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Gapning ochig'i, bugun futbolchilarimiz yutqazmadi. Biz bugun tan olish kerak, qo'rqoq taktika tanladik. Bu murabbiylar shtabining xatosi bo'ldi. "Nasaf" birinchi bo'limda har tomonlama bizdan ustunlik qildi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar qildik, o'yinimiz shunga yarasha kuchaydi. O'yinni qutqarish oxirigacha harakat qildik. CHunki biz muxlislarimiz uchun ham harakat qilishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz birinchi bo'limdagi nursiz o'yinimiz uchun muxlislarimiz oldida ozgina o'zimizni oqladik deb o'ylayman. Afsuski harakatlarimiz hech bo'lmasa durang uchun ham etarli bo'lmadi.

- Penalti belgilangan vaziyat haqida fikringiz qanday?


- Men oldin ham o'zimning fikrimni aytganman, VAR tizimiga butunlay qarshiman. Biz ham xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin, hakamlar ham xato qiladi. Bizda xuddi shunga o'xshagan vaziyat bo'lganida VAR tizimiga etibor ham qilinmadi. Himoyada xatoga yo'l qo'ydik, kerakmas joyda jarima ishladik. “Nasaf" kabi jamoalar bilan o'yinda 0:2 hisobi bu juda katta ustunlik. SHunga qaramasdan o'yinni o'zgartirishga harakat qildik, o'zgartirib ham oldik. Afsuski biz duranga ham erisholmadik.

Men hakamlar penalti borasida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylamayman. Lekin 3:0 yutqazayotganimizda 8 daqiqa qo'shadi. Bugun darvozabon Umidjon Ergashevga yordam ko'rsatish uchun 7 daqiqa o'yin to'xtab turdi. 5 tadan 10 futbolchi almashdi. O'tgan gal matbuot anjumanida "Qo'qon-1912" o'yin tempini tushiradi degan savol qo'yildi. Har bir jamoa g'alabani ushlab qolish uchun maydonda vaqt cho'zib yotibdi. Bugungi o'yinga kamida 12 daqiqa qo'shish kerak edi. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ro'ziqul Berdiev kuchli murabbiy, undan ko'p narsani o'rgansa bo'ladi.

Bizni oldinda AGMK jamoasiga qarshi o'yin kutib turibdi. Mehmonda nisbatan osonroq o'ynayapmiz, bu jamoa bilan tengma-teng kurash olib boramiz deb o'ylayman.

- Bugungi o'yinda markaziy himoyachi Ivan Yosovich markazga yaqinroq o'ynadi, bu nima bilan bog'liq?


- O'tgan o'yinda "Lokomotiv" bilan Murod Xolmuhammedov, Bobur Akbarovlar juda yaxshi o'yin o'tkazishdi. Yosovich 4 sariq kartochkasi borligi tufayli o'yinni o'tkazib yubordi. Afsus, Oybek Rustamov ham sariq kartochkalar tufayli bugungi o'yinga tusha olmadi. Biz taktik sxemani o'zgartirmasdan Rustamov o'rniga Yosovichni qo'ydik. Bu qaror o'zini oqlamadi, xatomizni tan olamiz.

- O'zgarishlarni birinchi bo'limning o'zida amalga oshirishning imkoni yo'qmidi?


- Birinchi bo'limda bunga imkon bor edi. Lekin Sardor Azimovni majburan o'zgartirdik. Agar birinchi bo'limda yana bir o'zgarish qilganimizda, zaxira uchun faqatgina bitta imkoniyatimiz qolar edi. Zaxira imkoniyatini saqlab qolish uchun shunday qarorga keldik.

- Transferlar oynasi ochilgan vaqtda jamoaga yangi futbolchilar kelishi mumkinmi?


- Transferlar oynasi vaqtida kimdir keladi deb aniq ayta olmayman. Albatta, ko'z oldimizga olgan futbolchilar bor, lekin aniq emas. Hozirgi vaqtda jamoani yanada kuchaytirish niyatingiz bo'lsa, siz transferni amalga oshirishingiz kerak.



Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика