So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun bizning kunimiz emas ekan" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Superliga 22-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912"(1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Bugun g'alaba qozonsak, uchinchi o'rinni olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lardik. Yigitlar ham shuni his qilgan holda maydonda borlarini berib o'ynashdi. Afsuski, bugun bizning kunimiz emas ekan. Yigitlarimiz bugungi ko'rsatgan o'yinlaridan uyalmasdan, boshlarini baland ko'targan holda navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'rishsa bo'laveradi.. “Nasaf” ayrim vaziyatlarda tezkorligi bilan ajralib turgan bo'lishi mumkin. Lekin vaziyatlar yaratishda va jangavorlikda raqibga yutkazganimiz yo'q. Futbolchilarimiz ham raqibga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Bugungi g'alaba “Ajdarlar” uchun ikkinchi o'rinni olishda juda qo'l keladi. Ro'ziqul Berdiev yosh va shijoatli jamoani shakllantira olgan. “Nasaf”ni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz.CHempionatning kumush medalini olishda "Nasaf"ga omad tilayman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

- "Qo'qon-1912" bugun har yilgidandan o'zining uslubini va taktikasini namoyish qildi. Bu yilgi mavsumda ko'zlangan rejalar qanday?
- Bizdan “Nasaf” chuqur himoyaviy o'yin kutgan bo'lishi mumkin. SHuni bilgan holda hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qildik. Bugungi bahsda Murod Xolmuhammedov penaltidan gol ura olmadi. Bu futbolda bo'ladigan holat. Ko'p narsa bugungi bellashuvga ham bog'liq edi. Endi ikkinchi o'rindagi jamoa bilan oramizdagi farq sakkiz ochkoga etdi. SHunday bo'lsa-da, rejamiz o'zgargani yo'q. Qolgan to'rtta uchrashuvni ham yuqori darajada o'tkazishni maqsad qilganmiz. Oxirigacha o'zimizni ko'rsatish barcha uchrashuvda kerakli ochkolarni olish. Maqsadimiz iloji boricha chempionatni yuqori o'rinda yakunlash. Qolgan to'rtta o'yinda iloji boricha o'zimizga kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'arishga harakat qilamiz.

- Keyingi turlarning neytral maydonda o'tishiga qanday munosabat bildirasiz?
- CHempionatning qolgan qismini markazlashgan holda o'tkazish borasida ko'p muhokama bo'lmoqda. To'g'ri markazlashgan xolda chempionat davom ettirilsa muxlislar bundan yutkazadi.Lekin o'shanda barcha murabbiylar birinchi davra va ikkinchi davraning so'nggi to'rtta uchrashuvini markazlashgan holda o'tkazishga kelishib olgandi.Menimcha, bu qaror to'g'ri deb bilaman.

- Bugun Suhrob Berdievning o'rnida Sardor Azimov harakat qildi. Ikkinchi bo'limda qanotlarni to'liq almashtirdingiz. Bu qanotdagi harakatlardan qoniqmaganingizni bildiradimi?
- Bugun tarkibimizdagi yo'qotishlar to'g'risida gapirmoqchi emasdim. Bugun har ikki jamoa ham 11 nafardan futbolchi bilan maydonga tushdi. Lekin Suhrob Berdiev va SHohnazar Norbekovlarning o'rni bilindi. Norbekovning tezkorligi "Nasaf" bilan o'yinda bizga asqotishi aniq edi.To'g'ri bizda imkoniyat bor. Lekin medallar uchun kurashish yo'lida muxim bo'lgan 3 ochkoni qo'ldan boy berdik.Bu mag'lubiyatdan keyin medallar uchun kurashishda imkoniyatimiz pasayib ketdi.Bugun o'ng qanotda o'ynagan Sardor Azimov va Avaz Mamatxo'jaevlar ham yuqori darajada o'yin namoyish etishdi. To'g'ri biz gol o'tkazvorganimizdan so'ng katta tavakkal qildik. Uchta ximoyachi bilan o'ynadik. “Nasaf” qarshi hujumda ikkinchi golni urishi ham mumkin edi. Muzaffarov va Bambaning tushishi o'yinimizni kuchaytirdi. Ammo mezbonlar posboni bugun yaxshi o'ynadi va biz hisobni tenglashtira olmadik. "Nasaf" darvozaboni juda yaxshi o'yin ko'rsatdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика