So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Yigitlarni ro'zador bo'lgani uchun kuchi yo'q deya olmaymiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Yigitlarni ro'zador bo'lgani uchun kuchi yo'q deya olmaymiz"

Coca Cola Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinni stadiondan tomosha qilish uchun kelgan muxlislarni tushunib turibman. Ular bizdan g'alaba kutishgandi. Afsuski bugun mag'lubiyatga uchradik.

SHuni aytish mumkin, bugun yigitlar uchrashuvning oxiriga qadar g'alaba uchun kurashishdi. Omad biz tomonda bo'lmadi. "Metallurg" jamoasi so'ngi daqiqalarda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib gol urib ketdi. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa keyingi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, vaziyatni to'g'rilashimiz zarur. Bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham yigitlarga katta etiroz bildirishim qiyin. CHunki bugun g'alabaga haqli edik, lekin omad biz tomonda bo'lmadi.

- Jamoangiz 3 ta o'yindan buyon uyda g'alaba qozona olmadi. Bunga muxlislar yaxshi qo'llab-quvvatlamayotgani sababmi?


- Yo'q, nega? Muxlislar bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlashmoqda. Ular bizni tinimsiz oldinga chorlashmoqda. Biz yuzaga kelayotgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz bizga qimmatga tushayapti.

- Mo'min Melievda kuch etishmagandek ko'rindi, bugun u ro'zador edimi?


- Jamoamizda faqat Mo'min Meliev emas, bir nechta futbolchilar ro'za tutgandi. Biz yigitlarni ro'zador bo'lgani uchun kuchi yo'q deya olmaymiz. Ular bugun katta hajmdagi ishni bajarishdi, oxirigacha kurashishdi. Meliev ham bir nechta vaziyatlar yaratdi, raqib himoyasiga xavf soldi. Afsuski aytib o'tganimdek vaziyatdan foydalana olmaslik bizga pand berayapti. Uni bugun sust o'ynadi yoki kurashmadi deb ayta olmayman.

- Kubok o'yinlaridagi maqsad qanday?


- Ochig'i bu futbol, beshafqat o'yin ekanligini bugun ko'rdinglar. Bugun birinchi bo'limda mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Jamoamiz oldida har bir o'yinda g'alaba qozonish maqsadi qo'yilgan. SHu sababli biz chempionat yoki kubok doirasidagi har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика